13:33 / 01.06.2022
1 151

U-23 Osiyo Kubogidagi raqiblarimiz haqida eng qiziqarli faktlar

U-23 Osiyo Kubogidagi raqiblarimiz haqida eng qiziqarli faktlar
O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi raqiblarini tahlil qilamiz. Bugundan boshlab O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan yoshlar (23 yoshgacha) Osiyo kubogi start oladi. Musobaqa Temur Kapadze shogirdlari guruh bahslarida Qatar, Eron va Turkmanistonga qarshi maydonga tushadi.

“Championat.asia” tahririyati raqiblar tarkibini o‘rganib chiqdi. Quyida ular haqida eng qiziqarli faktlarni e’tiboringizga taqdim etamiz.

Qatar
2020 yilda 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogida Qatar terma jamoasi Yaponiya singari guruhda qolib ketadi. Mazkur guruhni esa Saudiya Arabistoni va Suriya terma jamoalari muvaffaqiyatli yakunlab, pley-offga yo‘l oladi.

Qatar U-23ning barcha futbolchilari o‘z vatanlarida to‘p tepadi. Ayni paytda jamoa tarkibida Yevropada futbol ta’limini olgan bir qator ijrochilar bor. Gap Yusuf Ayman, Abdul-Rashid Ibrohim va “Saloh” laqabli – Saloh Zakariya haqida ketmoqda. Ularning barchasi Belgiyaning “Eupen” klubida bir yilga yaqin vaqt davomida birga bo‘lishgan, keyinchalik faoliyatini qolgan qismini Qatarda davom ettirishmoqda. Yana bir futbolchi Ali Mal Alloh Ispaniyaning “Kultural Leones” klubi akademiyasida tahsil olgan.

Qatar terma jamoasida nafaqat o‘zining Salohi, balki Yaqin Sharq uchun noodatiy "Andrey" ismli futbolchi ham bor. Andrey Syaxputra indoneziyalik bo‘lib, Qatarning "Al-Garafa" klubida to‘p tepadi.

Tranfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, Ahmad Al Ganehi Qatar yoshlar terma jamoasidagi eng qimmat futbolchi (450 000 yevro) hisoblanadi. U xuddi Andrey Syaxputra kabi "Al-Garaf" sharafini himoya qiladi. Joriy mavsumda hujumchi Al Ganexi klub safida barcha turnirlarda 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Qatar terma jamoasining umumiy qiymati 3,5 million yevroni tashkil qiladi.

Ayni vaqtda terma jamoa bosh murabbiyi chililik Nikolas Kordova hisoblanadi. Futbolchi sifatida Chili terma jamoasi safida 5 ta o‘yin o‘tkazib, bitta gol urgan. Kordova faoliyatining ko‘p qismini Italiyada o‘tkazgan. U yerda “Bari”, “Breshiya”, “Askoli”, “Parma” va “Livorno” klublarida to‘p tepgan. Statistik ma’lumotlarga qarasak, Kordova A va B seriyalarda 250 dan ortiq o‘yin o‘tkazgan (42 gol va 12 golli uzatma).

Nikolas Qatar U-23 terma jamoasini 2020 yildan beri boshqarib kelmoqda. Avvalroq u Chilining 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilari, shuningdek, Chili va Peru klublarida ham faoliyat yuritgan. Ayni damda Kordoba “Al Rayyan” jamoasini ham bosh murabbiy vazifasida ham faoliyat ko‘rsatadi.

Qizig‘i shundaki, "Kordoba"ga qadar Qatar yoshlar terma jamoasini Alen Perrin (“Lion”, “Sosho”, “Portsmut”, “Sent-Eten”, Xitoy terma jamoasi) va Ko Adrianse (“Ayaks”, AZ Alkmaar, “Portu”, “RB Zalsburg”, “Tvente”) kabi mutaxassislar boshqargan.

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi qatarlik tengdoshlariga qarshi to‘rt marta o‘ynab, ikkita g‘alabaga erishgan. Ulardan eng yirik hisobi 2018 yilgi Osiyo o‘yinlarida (6:0) qayd etilgan. O‘shanda terma jamoamiz safida Jaloliddin Masharipov, Bobur Abduxoliqov, Dostonbek Hamdamov, Javohir Sidiqov va Ikromjon Aliboyev kabi futbolchilar gol urishgan. Mazkur terma jamoalar o‘rtasidagi bir uchrashuvda tomonlar murosa ko‘chasini tanlashgan bo‘lsa, yana bir bahsda qatarliklar zafar quchishgan, - 0:1.

Eron
Diqqat qiling, 2020 yilgi Osiyo kubogida Eron terma jamoasi O‘zbekistonga qarshi o‘ynagan. Uchrashuv durang (1:1) bilan yakunlandi. Terma jamoamiz safidagi yagona gol Islom Qobilov tomonidan kiritilgan. Mazkur turnirda O‘zbekiston va Janubiy Koreya guruhda yetakchi bo‘lishgan holda keyingi bosqichga yo‘llanma olgan bo‘lsa, Eron va Xitoy esa muddatidan oldin turnirni tark etgan. Eron va O‘zbekiston terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinlarning umumiy statistikasi taxminan Qatar bilan bir xil: 4ta uchrashuv, 2tasida O‘zbekiston terma jamoasi g‘alaba qozongan, 1tasida Eron va yana bir uchrashuv durang bilan yakunlangan.

Eron yoshlar terma jamoasining eng qimmat futbolchisi – Yasin Salmoniy (650 ming yevro) bo‘lib, u o‘z vatanida “Sepaxon” safida to‘p tepadi. Aprel oyida Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichida “Paxtakor”ga qarshi uchrashuvda maydonga tushgan. Shuningdek, Salmoni Eron milliy terma jamoasiga ham chaqirilgan.

Shuningdek, Ali Kalmarzi, Ëdgor Rustami kabi futbolchilarga ham e’tibor qaratish lozim. Kalmarzi Niderlandiyada tug‘ilgan va “Roda" yoshlar jamoasida bir muddat o‘ynagan. Rustami 2022 yilning yanvar oyidan beri Polshaning “Pogon” jamoasi sharafini himoya qilib keladi.

Eron yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi borasida alohida to‘xtalib o‘tish lozim. Chunki jamoani Eron futboli afsonasi – Mehdi Mehdavikia boshqarmoqda. O‘n yildan ko‘proq vaqt davomida u Bundesligada "Ayntraxt", "Bohum" va "Gamburg” kabi klublarida o‘ynagan. Shuningdek, u Eron terma jamoasida 111 ta o‘yin o‘tkazgan. Mehdi o‘tgan yildan beri Eron yoshlar terma jamoasini boshqarib kelmoqda. Ilgariroq u "Gamburg" klubi tizimida, aniqrog‘i yoshlar jamoalariga ma’sul bo‘lib tajriba to‘pladi.

Mehdavikiyaning yordamchisi gollandiyalik Yon Lammers. Ushbu qahramonimiz ham “Ekcelsior”, “Vittes” va “Eidenhoven” kabi klublarda ishlagan. Qizig‘i shundaki, Jon "Ayntraxt"da to‘p suradigan Sem Lammersning amakisidir .(uning huquqi "Atalanta"ga tegishli).

Mehdavikiyaga qadar Zlatko Kranchar Eron yoshlar terma jamoasini boshqargan. Sobiq murabbiy faoliyatiga e’tibor qaratsak, Zagrebning “Dinamo”, “Sepaxon”, shuningdek, Xorvatiya va Chernogoriya terma jamoalaridagi faoliyati bilan tanilgan. U shuningdek, "Portsmut", "Tottenxem", "KPR" va Kiyevning "Dinamo" klublarida o‘ynagan Niko Krancharning otasi hisoblanadi.

Eron yoshlar terma jamoasining umumiy qiymati 4,8 million yevroni tashkil qiladi. O‘zbekiston terma jamoasi tarkibi esa ulardan biroz qimmatroq (4,9 million yevro).

Turkmaniston
Turkmaniston yoshlar terma jamoasi haqida gapirganda, avvalo, jamoa bosh murabbiyi - Ahmed Agamurodovni alohida ta’kidlash lozim. Uning otasi Tachmurod Agamurodov o‘zbek klublariga begona emas. U uzoq vaqt davomida O‘zbekiston klublariga ustozlik qilgan. Eng yaxshi ko‘rsatkichlarni esa Toshkentning “Paxtakor” klubi bilan erishgan: to‘rtta chempionlik, uch marta mamlakat kubogi va ikki marta OCHL yarim finaliga chiqqan. Kichik Agamurodov 25 yoshida futbolchilik faoliyatini yakunlab, otasi kabi murabbiylik sohasiga qadam qo‘ydi.

Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, Turkmaniston yoshlar terma jamoasining barcha futbolchilari faoliyatlarini o‘zlarining yurtida davom ettiradi. Futbolchilarning umumiy narxi 220 ming yevroni tashkil qilmoqda. Eng qimmat futbolchi Rasul Chariyev (75 ming yevro) bo‘lib, u bugungi kunda “Ahal” klubi sharafini himoya qilmoqda. U allaqachon bir qancha yosh futbolchilar qatori Turkmaniston milliy terma jamoasiga ham chaqiruv olgan.

Qizig‘i shundaki, yaqinda “Ahal” Turkmaniston yoshlar terma jamoasining bir qator futbolchilari bilan Qatarning “Al-Garafa” klubini mag‘lub etdi (4:2). Bu Osiyo chempionlar ligasining guruh bosqichidan o‘rin olgan o‘yinda yuz berdi. Mazkur bahsda Qatar yoshlar terma jamoasi vakillari - Andrey Syaxputra va Ahmad Al Ganexi ham maydonga tushgan edi.

Mazkur musobaqa Turkmaniston yoshlar terma jamoasi uchun debyut hisoblanadi. Bunga qadar ular 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo Kubogida ishtirok etmagan. 2000 yilgi Olimpiya o‘yinlari saralashida O‘zbekiston va Turkmaniston terma jamoalari ikkita o‘yin o‘tkazgan. Mazkur qarama-qarshilikning dastlabkisida O‘zbekiston terma jamoasi o‘z maydonida g‘alaba qozongan (3:0), mehmonda durang (1:1) o‘ynagan.

Nikolay Yegorichev tayyorladi

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » U-23 Osiyo Kubogidagi raqiblarimiz haqida eng qiziqarli faktlar