18:30 / 02.06.2022
829

Iordaniya U-23 termasi ustozi Ahmad Hayel: "Durang yomon natija emas, ammo biz g‘alaba qozonishni istagandik"

Iordaniya U-23 termasi ustozi Ahmad Hayel: "Durang yomon natija emas, ammo biz g‘alaba qozonishni istagandik"
U-23 Osiyo kubogining birinchi turida Iordaniya U-23 termasi Iroq U-23 bilan durang qayd etdi. O‘yindan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida Iordaniya U-23 bosh murabbiyi Ahmad Hayel qatnashdi.

- Yaxshi uchrashuv o‘tkazdingiz. O‘yin haqida fikrlaringiz
- Juda qiyin o‘yin bo‘ldi. Har bir musobaqa shunday qiyin kechadi. Bu o‘yinda biz barcha ishni qildik. Juda ko‘p imkoniyatlarni ko‘kka sovurdik. Durang yomon natija emas, ammo biz g‘alaba qozonishni istagandik. Oldinda yana ikkita o‘yin bor. Bu o‘yinlarda g‘alaba qozonishga harakat qilamiz. Keyingi bosqichga chiqishni maqsad qilganmiz. Biz harakat qildik. Ammo juda ko‘p vaziyatlardan foydalana olmadik. O‘tkazib yuborilgan golda xatoga yo‘l qo‘ydik. Ammo bu futboldagi normal holat hisoblanadi. Har bir o‘yinda yetarlicha xatolar bo‘ladi. Bu biz uchun muammo emas.

- Guruxdagi boshqa raqiblaringiz haqida nima deya olasiz?
- Iroqqa qarshi bugun durang qayd etdik. Endi keyingi o‘yinga e’tibor qaratamiz. Qolgan ikki uchrashuvda uch ochkodan qo‘lga kiritib, keyingi bosqichga yo‘l olmoqchimiz.

- Ushbu o‘yindan keyin nimalarni o‘yladingiz. Keyingi rejalar...
- Birinchi o‘yin bo‘lganligi sabab, o‘yinchilarim ko‘p xato qilishdi. Albatta, keyingi ikki o‘yinda bu xatolarni tuzatishga harakat qilamiz. Quvaytga qarshi o‘yinda uch ochko olishni maqsad qilganmiz.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Iordaniya U-23 termasi ustozi Ahmad Hayel: "Durang yomon natija emas, ammo biz g‘alaba qozonishni istagandik"