23:49 / 03.06.2022
1 178

Yaponiya U-23 bosh murabbiyi Oiva Go: "To‘g‘risini aytsam, birinchi bo‘limda rejalarimiz o‘xshagani yo‘q"

Yaponiya U-23 bosh murabbiyi Oiva Go: "To‘g‘risini aytsam, birinchi bo‘limda rejalarimiz o‘xshagani yo‘q"
Mamlakatimiz mezbonlik qilayotgan U-23 Osiyo kubogining birinchi turida Yaponiya U-23 termasi BAA U-23 jamoasini mag‘lubiyatga (1:2) uchratdi.
O‘yindan keyingi matbuot anjumanida Yaponiya termasi ustozi Oiva Go va o‘yinning eng yaxshi futbolchisi Yuito Suzuki qatnashdi.

- Uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi Yuito Suzukiga savol. Birinchi bo‘limda jamoa sust harakat qildi, ikkinchi bo‘limda esa buning aksi. Murabbiy tanaffus payti nimalar dedi?
- Ha to‘g‘ri, birinchi bo‘limda o‘yinimiz unchalik ham o‘xshamadi. Tanaffusda murabbiy bizdan tezroq harakat qilishni va kurashishni so‘radi. Vaziyatlarda biroz agressivroq harakat qilish kerakligini ta’kidladi.

- Murabbiyga savol. Yaponiya o‘z o‘yinlarida ko‘pincha to‘pni nazorat qiladi. Bugun esa bundan bo‘lgani yo‘q. Bunga BAA ko‘rsatgan o‘yin sababmi?
- Albatta, BAA ajoyib o‘yin ko‘rsatdi. Birinchi bo‘limda o‘yinchilarim biroz asabiy ekanliklarini ko‘rdim. Sababi, bu o‘yin biz uchun musobaqadagi dastlabki bahs edi. To‘g‘risini aytsam, birinchi bo‘limda rejalarimiz o‘xshagani yo‘q. Shu sabab ham, ikkinchi bo‘limda boshqacha o‘yin uslubini tanladik va to‘p nazoratini qo‘lga oldik.

- Raqibning qaysi jihatlarini alohida ta’kidlagan bo‘lardingiz?
- BAA bugun juda kuchli o‘yin ko‘rsatdi. Buni alohida ta’kidlash lozim. Bizning jamoa ham yomon o‘yin ko‘rsatmadi. Yuito Suzuki bugun yaxshi o‘yin ko‘rsatdi. Keyingi o‘yinlarda bundan ham yaxshi o‘yin ko‘rsatishiga aminman.

- Birinchi bo‘limda BAA juda yaxshi o‘ynadi. Ikkinchi bo‘limda qanday o‘zgarishlar qildingiz?
- Birinchi bo‘limda to‘pni nazorat qila olmadik. Umuman olganda o‘yin teng bo‘ldi deya olaman. Ikkinchi bo‘limda o‘yinga 100% moslashdik va yaxshiroq harakat qilishni boshladik.

- Keyingi raqib Saudiya Arabistoni. Ular BAA bilan bir mintaqadan. Bu o‘yinga qilinadigan tayyorgarlik avvaligisiga o‘xshash bo‘ladimi?
- Bir narsa deya olmayman. Dubaydagi turnirda ularga qarshi o‘ynaganmiz. Saudiya o‘z mintaqasidagi eng kuchli jamoa. Ularga qarshi o‘yinda olingan tajriba bu safar foyda keltirishiga umid qilamiz.

- Har o‘yinda asosiy tarkibdagi o‘yinchilarni o‘zgartirishni reja qilganmisiz?
- Albatta, shunday bo‘lishiga umid qilaman.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yaponiya U-23 bosh murabbiyi Oiva Go: "To‘g‘risini aytsam, birinchi bo‘limda rejalarimiz o‘xshagani yo‘q"