17:07 / 04.06.2022
1 054

"Shifokorlar qo‘lidan kelganini qilmoqda" - Zverev jarohati jiddiy ekanini ma’lum qildi

"Shifokorlar qo‘lidan kelganini qilmoqda" - Zverev jarohati jiddiy ekanini ma’lum qildi
Jahon tasnif jadvalining 3-raqamli tennischisi Aleksandr Zverev "Rolan Garros" yarim finalidan o‘rin olgan Nadalga qarshi bahsdagi jarohati haqida ma’lumot berdi:

"Bugun men uchun juda og‘ir kun bo‘ldi. Jarohat olgunimcha barchasi fantastik tempda ketayotgandi. Ko‘rinishidan, anchagacha kortga qayta olmayman. Ammo shifokorlar qo‘lidan kelgan hamma ishni qilmoqda. Batafsilroq ma’lumotni ertaga taqdim etamiz.

Rafani Fransiya ochiq chempionatidagi 14-finali bilan tabriklayman. Umid qilamanki, u boshlagan ishini oxiriga yetkazadi va tarix yarata oladi
",-dedi Zverev ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, germaniyalik raketka ustasi 2 setning 13-geymida oyog‘idan jiddiy jarohat olib, maydonni qo‘ltiq tayoqda tark etishga majbur bo‘lgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Shifokorlar qo‘lidan kelganini qilmoqda" - Zverev jarohati jiddiy ekanini ma’lum qildi