
23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo Kubogining 2-turida O‘zbekiston Qatar ustidan 6:0 hisobida zafar quchdi. O‘yindan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida mehmonlar bosh murabbiyi Nikolas Kordova quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:
"Bugun raqibimiz juda ham yaxshi o‘yin namoyish etdi. Ular qanotlarni faol ishga solib, bizning kuchsiz tomonimizni topa oldi.
Kiritilgan gollardan ba’zilari o‘zimizning xatolarimiz tufayli yuzaga keldi. Endi mag‘lubiyatni unutib, keyingi o‘yinlar uchun tayyorgarlikni boshlashimiz kerak. Boisi, pley-offga chiqishni maqsad qilganmiz va buning uchun kurashishda davom etamiz.
Bu kabi qaqshatqich mag‘lubiyatlar faqatgina 1 futbolchining aybi bilan yuzaga kelmaydi. Men aybni o‘z zimmamga olaman. Mag‘lubiyat bo‘lib turadi. Oldimizda turgan vazifa shogirdlarimni ruhan va jismonan keyingi bahslarga tayyorlashdan iborat". “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar