Futbol bo‘yicha JCH—2022 ning o‘tish o‘yinida Uels va Ukraina terma jamoalari 5 iyun, yakshanba kuni o‘zaro to‘qnash keldi.
Uchrashuvning 34-daqiqasida uelsliklar oldinga chiqib oldi: Andrey Yarmolenko o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. Qolgan vaqtda hisob o‘zgarmadi.
Shu tariqa ushbu g‘alaba orqali «ajdarlar» Qatarda o‘tadigan Jahon Chempionati final bosqichiga yo‘l oldi. Uels JCH—2022 B guruhida Angliya, AQSH va Eronga qarshi bahs olib boradi.
O‘tish o‘yinlari yarim finalida Uels terma jamoasi Avstriyani ortda qoldirgan bo‘lsa, Ukraina Shotlandiyadan ustun kelgandi.
JCH—2022 saralashi
O‘tish o‘yinlari, final
Uels — Ukraina 1:0
Gol: 1:0 – 34, avtogol Yarmolenko.
Uels: Hennessi, Roberts, Devis, Rodon, Ampadu, Uilyams, Remzi, Allen, Beyl (Uilson, 83), Mur, Jeyms (Jonson, 71).
Ukraina: Bushchan, Karavayev, Matviyenko, Zabarniy, Mikolenko, Yarmolenko, Sigankov (Mudrik, 77), Stepanenko (Sidorchuk, 70), Malinovskiy (Shaparenko, 70), Zinchenko, Yaremchuk (Dovbik, 77).
Ogohlantirishlar: Allen (2), Jeyms (3), Mikolenko (32). “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”