Ukraina JCH—2022 saralashlarida antirekord qayd etdi

Ukraina JCH—2022 saralashlarida antirekord qayd etdi
Ukraina terma jamoasi JCH—2022 ning o‘tish o‘yinlari finalida Uelsga mag‘lub bo‘ldi. Ukrainaliklar Uels darvozasi tomon 9 marta aniq zarba berdi.

Posbon Ueyn Hennessi barcha 9 ta zarbani bartaraf etdi. Golga aylanmagan 9 ta aniq zarba — Jahon Chempionati saralashlaridagi rekord ko‘rsatkich hisoblanadi.

Ukraina Jahon Chempionati yo‘llanmasidan mosuvo bo‘ldi. «Ajdarlar» esa Qatarda o‘tadigan Jahon Chempionati final bosqichiga yo‘l oldi. Uels JCH—2022 B guruhida Angliya, AQSH va Eronga qarshi bahs olib boradi.

O‘tish o‘yinlari yarim finalida Uels terma jamoasi Avstriyani ortda qoldirgan bo‘lsa, Ukraina Shotlandiyadan ustun kelgandi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar