12:31 / 07.06.2022
1 359

Saad Al Shehri: "Kuchli raqibdan bir ochko oldik"

Saad Al Shehri: "Kuchli raqibdan bir ochko oldik"
Saudiya Arabistoni U-23 bosh murabbiyi Sadd Al Shehri U-23 Osiyo chempionati ikkinchi turidan o‘rin olgan Yaponiyaga qarshi uchrashuvdan so‘ng fikrlarini bildirdi.

"Birinchi o‘rinda 1 ochko olganimizni aytib o‘tmoqchiman, bu 1 ochko juda muhim ochko biz uchun, chunki raqib juda kuchli edi", - deydi Saad Al Shehri.

- Barcha o‘yinlarda birinchi bo‘limlarni yaxshi boshlab, keyinchalik jamoa uchrashuvning ikkinchi qismida kuchsizlanib borayotgandek taassurot o‘yg‘otmoqda. Buni qanday izohlaysiz?
- Birinchi bo‘limda biz nega bunday faol o‘yin ko‘rsatamiz, chunki biz dastlabki daqiqalarda gol o‘tkazib qo‘ymaslikka harakat qilamiz va bu normal holat deb o‘ylayman.

- Taxminan 75-daqiqalarda sizning raqibingiz tarkibidagi o‘yinchi qizil kartochka olib o‘yinni tark etdi va shundan so‘ng sizda 20 daqiqacha vaqt bor edi, jamoangiz hujumlar uyushtirib gol urishni o‘rniga himoyaviy o‘yin ko‘rsatdi, bu sizning uslubingizmi yoki raqib kuchli bo‘lgani uchun shunday yo‘l tutdingizmi?
- Yo‘q ko‘rgan bo‘lsangiz biz shu vaqt mobaynida ikki hujum uyushtirdik va bu hujumlar golli vaziyatlar edi, gol urush uchun shuning o‘zi yetarli deb o‘ylayman. Bizning bu o‘yinga asosiy maqsadimiz yarim himoyadan hujumni boshlab keyin hujumchilarga yetkazib berish edi, ammo hujumchilarni mushaklarida og‘riq bo‘lgani uchun bu rejamiz amalga oshmadi. O‘yin so‘ngida biz ikki qanot hujumchilari va ikki sof hujumchilarni tushirdik va bizda oldingi chiziqda 4 kishi o‘ynadi. Shuning uchun ham qiyin bo‘ldi, 1 ochkodan qoniqdim. Chunki hech nimadan ko‘ra 1 ochko yaxshiroq, deb o‘ylayman.

- Ikki kundan so‘ng jamoangizni jiddiy raqib kutib turibdi va jamoangizni qanday ravishda bu o‘yinga tayyorlashni rejalashtiryapsiz?
- Hozirgi vaqtda jamoam tiklanishi kerak, bu biz uchun juda muhim. Albatta bizda keyingi bosqichga chiqish uchun imkoniyatimiz bor. Hozirgi bizga kerak bo‘ladigan birinchi narsa bu futbolchilarimni tiklanishi. Xudo xohlasa shogirdlarim keyingi o‘yingacha tayyor bo‘ladi va biz 3 ochko olgan holda keyingi bosqichga chiqamiz.

- Turki Alammarga savol. Siz U-17,U-19,U-23 va milliy jamoada o‘ynagansiz, ammo hozirgi vaqtda qaysi jamoada o‘ynash siz uchun qulayroq?
- Barcha yosh toifasida o‘ynagan jamoalarim juda kuchli jamoalar, ammo menga hozir U-23 yosh toifasida o‘ynash qulayroq, deb o‘ylayman.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Saad Al Shehri: "Kuchli raqibdan bir ochko oldik"