10:04 / 08.06.2022
1 447

Ahmad Agamurodov: "Syurpriz? Balki finalda O‘zbekiston bilan o‘ynarmiz"

Ahmad Agamurodov: "Syurpriz? Balki finalda O‘zbekiston bilan o‘ynarmiz"
U-23 Osiyo chempionatida kutilmagan natijalar qayd etilishi davom etadi. O‘tgan turda Eronni mag‘lubiyatga uchratgan Turkmaniston guruhdagi so‘nggi o‘yinda Qatar bilan durang o‘ynadi (2:2). Bu esa ularga navbatdagi bosqichga chiqishi uchun yetarli bo‘ldi. O‘yindan so‘ng Turkmaniston bosh murabbiyi Ahmad Agamurodov fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Juda xursandmiz. O‘yin qiyin o‘tdi. Mamlakatimizdagi har bir fuqaroni mazkur g‘alaba bilan tabriklayman. Syurpriz? Biz boshqa sovg‘a qilmoqchi edik. Ya’ni guruhda birinchi o‘rinni olishni istagandik. Lekin o‘xshamadi. Xudoga shukur, muhimi guruh bosqichini ijobiy natija bilan tugatdik", - deydi murabbiy.

- Guruhdagi raqiblarning darajasi Turkmanistondan ancha baland hisoblanardi. Uchta o‘yinni taqoslay olasizmi?
- Men uchun O‘zbekiston hammasidan ham kuchli bo‘lib qolaveradi. Qolgan raqiblar bizning kuchimizga yetarli baho bera olmagani bizning muammo emas (kuladi). O‘zlari aybdor.

- Jamoa xarakter borligini ko‘rdik...
- Bular futbolchi emas, balki haqiqiy erkakdirlar. Oxirigacha kurashamiz. Avstraliya bilan ham shunday bo‘ladi. Yana sovg‘alar bormi? Balki finalda O‘zbekiston bilan o‘ynarmiz.

Abdulaziz Iskandarov

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ahmad Agamurodov: "Syurpriz? Balki finalda O‘zbekiston bilan o‘ynarmiz"