
Professional bokschimiz Isroil Madrimov navbatdagi jangini 9 iyul kuni o‘tkazadi. U o‘sha kuni Londonda fransiyalik Mishel Soroga qarshi ringga ko‘tariladi.
Yodingizda bo‘lsa, bokschilar o‘tgan yilning dekabr oyida Toshkentda o‘zaro jang qilishgandi va Isroil Madrimov raqibini muddatidan oldin mag‘lub etgandi. O‘shanda to‘qnashuvning 9-raundida hakam gong ovozini eshitmagan, shundan so‘ng Madrimov raqibga bir necha zarbalar yo‘llashi natijasida texnik nokaut qayd etilgan edi.
Shundan so‘ng Soroning jamoasi hakamning qaroriga e’tiroz bildirgan va shikoyat bilan murojaat qilgan. Shu sababli, WBA bokschilar uchun revansh belgiladi. Jang g‘olibi WBA kamari uchun majburiy da’vogarga aylanadi.
Kechaning markaziy jangida superog‘ir vazn toifasida Kubrat Pulev va Derek Chisora o‘zaro ringga ko‘tariladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar