O‘zbekistonlik muxlislarga yaxshi tanish bo‘lgan Ektor Kuper Kongo DR terma jamoasi ustozligidan ketdi. Bu haqida Kongo DR futbol assotsiatsiyasi ma’lum qildi.
Kuperning iste’fosiga Kongo DR termasining 2023 yili o‘tkaziladigan Afrika kubogining saralash bosqichidagi dastlabki ikki uchrashuvida mag‘lubiyatga uchragani sabab bo‘lgan. Kongo DR saralash bosqichida Gabon va Sudan terma jamoalariga mag‘lub bo‘ldi.
Kongo DR sport vazirligining qayd etishicha, Ektor Kuper o‘z shartnomasida belgilangan ishlarni bajara olmagan. Murabbiy jamoani taktik, mashg‘ulotlar va o‘yin uslubi jihatidan qurishi lozim bo‘lgan. Ammo jamoaning o‘yinida o‘sish kuzatilmagan.
"Shartnomani bekor qilish jarayoni muqarrar edi. Murabbiy jamoani qabul qilganidan beri ko‘zlangan biror natijaga erishilmadi", - deyiladi Kongo DR sport vazirligi bergan bayonotda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...