2 092
Qora ko‘zlarimizning qadri baland g‘alabasidan keyin Osiyo chempionligining hidi kelyapti!
Bir kunning o‘ziga ham milliy terma jamoamiz, ham U-23 terma jamoamizning o‘yini to‘g‘ri kelib qoldi. Namangan va Toshkentdagi stadionlar muxlislar bilan yanada fayzga to‘ldi. Televizor qarshisidagi millionlab insonlar esa ikkala uchrashuvni aralashtirib ko‘rgan bo‘lsa ham kerak. Milliy terma jamoamiz Maldivga 4 ta gol urib muddatidan oldin guruhdan chiqish vazifasini hal qildi. Bu ortiqcha muhokamalarga sabab bo‘ladigan masala ham emas. Lekin yigitlarni tabriklaymiz.
U-23 terma jamoamiz esa Osiyo Kubogi chorak finalida Iroqqa qarshi shunday o‘yin o‘tkazdiki, bu endi o‘zbek futboli tarixida iz qoldiradi, ishonavering. Ha, biz g‘alaba qozonib, hali Osiyo chempioniga aylanganimiz yo‘q. Ammo bu mutlaqo boshqacha g‘alaba, uning mazmun-mohiyati, qadri shu qadar baland bo‘ldiki, asti qo‘yaverasiz. 120 daqiqa davomida futbolchilarimiz chinakam dramatik o‘yin o‘tkazishdi. Juda katta voqealarga boy o‘yin hali ko‘p eslanadi.
“Paxtakor” stadioni mana shunday anshlag bo‘lganini, muxlislar bilan liq to‘lganini qachon ko‘rgandik? Ha, ular O‘zbekistonni qit’a miqyosidagi g‘alabalarini sog‘inishgan. Bu milliy terma bo‘ladimi, U-23mi yoki yoshlarmi farqi yo‘q. Muhimi, maydonda o‘zimizni qora ko‘zlar o‘ynashyapti. Stadiondagi muhit fantastik. Bunday muhit o‘ynamaydigan o‘yinchini ham o‘ynatib yuboradi. Juda kuchli xissiyot, g‘alabaga bo‘lgan kuchli xohish – bu ushbu o‘yinning asosiy mezonlardan biri bo‘ldi. Lekin o‘zbegimning bunday g‘alabasidan keyin Osiyo chempionligini hidi kelyapti.
Hammasi nimadan boshlandi? Ha, o‘sha Abduvohid Ne’matovning maydondan chetlatilishi-yu, darvozamiz tomon belgilangan penaltidan. Agar o‘sha vaziyat yuz bermaganida va Ne’matov maydonda qolganida o‘yin shunday tarzda qaynoq darajada o‘tarmidi? Balki Ne’matovning chetlatilishi biz uchun faqat yaxshilikka xizmat qilgandir. Chunki yigitlar gol o‘tkazgach, boshqacha qiyofaga kirib, raqibni shu qadar “qiynoq”qa soldiki, Iroqni o‘zi ham jamoamizning bunday shijoatidan qo‘rqib ketdi. Abduvohid, g‘alabada sening ham hissang bor!
Mana, bizning o‘zbek futbolchilari! Ular nimalarga qodirligini butun dunyoga ko‘rsatishdi. Bunday katta o‘yinni, bo‘lib ham futbolchilarimizning motivatsiyaga to‘lib-toshgan harakatlarini anchadan beri kuzatmagandik. Haqiqiy adrenalin! “Paxtakor” stadioni shunaqa: muxlislar bilan liq to‘ladigan bo‘lsa, u yerda har qanday raqib jamoa ham nima qilishini bilmay qoladi. O‘yinda terma jamoamiz futbolchilari o‘zlarining yangi qirralarini ochishdi. Har biri maydonda qo‘shimcha uch barobar kuch bilan o‘ynadi. Bu nima uchun? Hammasi Vatan uchun, halq uchun! Buni unutmaslik kerak. Biz anchadan beri bunday o‘yinni va g‘alabani ko‘rmagandik. O‘zbek yigitlari qiyin vaziyatda nimalarga qodirligini, xarakteri kuchliligini, metin iroda egalari ekanini shunday namoyish etishdiki, maydonda o‘zi kim bir kishi kam bo‘lib qolganiga ham hayron qolasan kishi.
Biz shuncha mehnatga yarasha albatta g‘alabaga loyiq edik. Iroq penaltilar seriyasigacha cho‘zishni istadi. Lekin biznikilar bunga ham tayyorligini ko‘rsatdi. Omad kuchlilarga kulib boqadi. Xudo ham qora ko‘zlarimizni qilgan mehnatlariga yarasha mukofotladi. Kuchli jamoa, loyiq jamoa yutdi va bu biz edik!
Timur Kapadzega ham rahmat. Yaxshi jamoani shakllantirdi. Uning jamoa o‘yinida imzosi bor. Lekin Iroqqa qarshi uchrashuv uning shu kungacha murabbiylik faoliyatidagi eng og‘ir, kuchli xissiyotga boy o‘yini bo‘ldi, bizningcha. Kapadze murabbiy sifatida kuchli xarakter egasiga aylanibdi. Shubhasiz, barcha olqishlar u va uning jamoasiga. Butun xalqimiz olqishlayapti. Bu kabi qiymati baland g‘alabadan keyin har qancha xursandchilik qilsak yarashadi. O‘zbekiston o‘z o‘yini bilan Osiyo chempionligini qo‘lga kiritishga munosibligini amalda ko‘rsata oldi. Doim mana shunday qit’a musobaqalarida yarim finaldan oldingi chorak final juda mashaqqatli va og‘ir o‘tadi.
Biznikilar bundan munosib o‘tib olishdi. O‘zbekiston Osiyo chempioni bo‘lishga haqli. Futbolchilarimizni ko‘zi “yonyapti”, ulardagi ishtiyoqni so‘ndirib bo‘lmaydi. Muxlislar ham bu kabi zalvorli g‘alabalarni juda sog‘inishgandi-da! Biz ushbu xursandchiliklarimiz bardavom bo‘lishiga ishonamiz. Oldinda esa yarim final! Biz raqib tanlamaymiz... “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...