
Xabaringiz bor, yurtimizda U-23 Osiyo Kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda. Kuni kecha Janubiy Koreya va Yaponiya (0:3) o‘rtasidagi o‘chrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvdan so‘ng Yaponiya jamoasi yetakchisi Yuito Suzuki (18-raqam) bilan suhbatlashdik.
- O‘yin haqida fikrlaringiz...
- Bugun g‘alaba uchun maydonga tushgan edik va buni uddaladik, bu biz uchun eng muhim jihat.
- Yarim finaldagi raqibingiz O‘zbekiston haqida nima deya olasiz?
- Hozir hech nima deya olmayman. Faqat tiklanish hamda keyingi o‘yingacha o‘z ustimda ishlashim kerak, bu bizni chempionlik sari yetaklaydi.
- Mendagi ma’lumotlarga qaraganda, "Paxtakor" jamoasi sizga jiddiy qiziqmoqda ekan, agar bu klub sizga taklif bilan chiqsa, O‘zbekiston Superligasida o‘ynashga rozi bo‘larmidingiz?
- Klubimni o‘zgartirish haqida o‘ylamayapman, chunki hali Yaponiyada biror ishni qoyillatganim yo‘q. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar