08:58 / 13.06.2022
2 421

O‘zbek bokschisi jahon chempionlik kamari uchun jang qiladi

O‘zbek bokschisi jahon chempionlik kamari uchun jang qiladi
Professional boksning super yengil vazn toifasida (63,5 kg) WBA chempionlik kamari Josh Teylordan vakant qolgan edi. WBA tashkiloti ushbu kamar uchun Dominikan vakili Alberto Puello va o‘zbek bokschisi Botir Ahmedov jangiga buyruq berdi. Muzokaralar olib borish uchun 25 iyunga qadar vaqt belgilandi. Agar kelishuvga erishilmasa, 5 iyul kuni jangni tashkil etish uchun ochiq promouterlik savdosi tashkil etiladi.

Ahmedov Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan bo‘lib, Rio Olimpiadasida Turkiya sharafini himoya qilgan. Professional boksda Rossiya nomidan janglarda ishtirok etayotgan edi. Ammo bir nechta ta’qiqlardan so‘ng, hozirda u O‘zbekiston nomi bilan qayd etilmoqda. Botir Ahmedov hozir Sirdaryo viloyatida bo‘lib turibdi va yengil mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda. U tez orada okean ortiga jo‘nab ketadi.

Botir Ahmedov boshqa o‘zbek bokschilari qatorida Mir Boksa kompaniyasi bilan shartnoma imzolagan va Joel Diaz qo‘l ostida mashg‘ulotlar olib boradi. U hozirga qadar 10 ta jang o‘tkazib, 9 tasida g‘alaba qozongan (8 nokaut). Yagona ma’lubiyatini jahon chempionlik kamari uchun jangda Mario Barriosdan qabul qilib olgan. Ammo bu jang natijasi ko‘plab e’tirozlarga sabab bo‘lgan edi.

Ushbu to‘qnashuv g‘olibi jahon chempionlik kamarini Venesuela vakili Ismael Barrosodan 90 kun ichida himoya qilishi kerak.

Qolaversa, keyingi majburiy da’vogarni aniqlash uchun ispaniyalik Sandor Martin va britaniyalik Ohara Devis o‘zaro jang o‘tkazadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbek bokschisi jahon chempionlik kamari uchun jang qiladi