
O‘zbekiston Professional futbol ligasi bosh direktori Diyor Imomxo‘jayev o‘zining telegramdagi kanalida mamlakatimizda 2023 yilgi futbol mavsumi qachon boshlanishini indinga e’lon qilinishini ma’lum qildi.
“Biz 2023 yilgi chempionatni qachon boshlash, qachon tanaffusga chiqish va qachon yakunlash masalasida kelishuvga erishib bo‘ldik. Faqat buni bugun emas, indinga e’lon qila olamiz. Chunki O‘zbekiston milliy termasi Osiyo kubogi yo‘llanmasini to‘liq hal qilib ulgurmagan.
Aslida masala 99 foizga hal etilgan. Biroq nazariy jihatdan baribir Tailandga qarshi o‘yin o‘tib olishi kerak. Ertaga bizni har qanday natija Osiyo kubogiga olib chiqadi. Ammo ishonamizki, Katanes milliy terma jamoadagi ilk mas’uliyatli o‘yinida zafar quchishning uddasidan chiqa oladi”, - deb yozdi Imomxo‘jayev.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo kubogi-2023 saralashidan o‘rin olgan so‘nggi uchrashuvini ertaga 14 iyun kuni Tailandga qarshi o‘tkazadi. O‘yin soat 20:30 da boshlanadi.
O‘zbekiston Professional FutbolDiyor Imomxo‘jayevYilgi MavsumiOsiyo KubogiMilliy TermasiTailandga Qarshi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar