
Belarus Oliy ligasi o‘rtamiyonalaridan biri hisoblangan "Belshina" klubi o‘zbekistonlik hujumchi transferini e’lon qildi.
Bobruyskliklar 26 yoshli Vladislav Nuriyev bilan shartnoma imzoladi. Legionerimiz ichki birinchilikning 11-turi doirasidagi "Energetik-BGU" jamoasiga qarshi bellashuvda debyut qildi.
Nuriyev bungacha "Obod", "Navbahor" va "Bunyodkor" kabi jamoalar sharafini himoya qilgan. Shuningdek, Qirg‘iz Respublikasi, Hindiston chempionatlarida ham to‘p tepgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar