1 053
Trevor Morgan: "Ertaga O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni termalari muxlislarga to‘la stadionda maza qilib futbol o‘ynaydi"
Habaringiz bor yurtimizda U-23 Osiyo kubogi bahslari yakunlanmoqda va bir necha soatlar oldin ushbu turnirning 3 o‘rin uchun Yaponiya - Avstraliya (3:0) uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. O‘yindan keyingi matmuot anjumanida Avstraliya jamoasi bosh murabbiyi Trevor Morgan ishtirok etdi.
- O‘yin haqida fikrlaringiz...
- Bugungi uchrashuvga biz futbol o‘ynab nimadir o‘rganib ketish uchun kelgan edik. Yaponiya har jabhada bizdan ustun bo‘ldi va ular haqli g‘alaba qozonishdi.
- Oxirgi ikki o‘yinda jamoangiz negadir o‘ziga o‘hshamadi?
- Siz shunday deb o‘ylaysiz, jamoam bugun 55% to‘p nazoratiga ega bo‘ldi va Yaponiya bilan teng darvozaga zarba berdi. Fikringizga qo‘shilmagan bo‘lardim. Keyin birinchi bo‘lim boshida biz ko‘p xatolarga yo‘l qo‘ydik va jazolandik.
- Jamoangiz bu turnirda 6 ta o‘yin o‘tkazdi. Avstraliya termasi birinchi o‘yindan boshlab qanchalik o‘sishga erishdi deb o‘ylaysiz?
- O‘yin ketidan o‘yin o‘tkazish bu o‘rganishning boshqacha yo‘li hisoblanadi. Chunki futbolchilar ko‘rsatmalarimdan emas, vaziyatga qarab ish ko‘rishni o‘rganishni boshlashadi. Osiyodagi jamoalarining o‘ynash usuli juda xilma xil va bu oson emas. Agar siz shu atmosferada o‘ynagingiz kelsa juda ko‘p qiyinchiliklarni yengib o‘tishingiz kerak.
- Siz va jamoangiz bu yerda deyarli 20 kun yashadingiz. O‘zbekistonda sizga yoqqan va yoqmagan narsalarni ayta olasizmi?
- O‘zbekiston futbolni sevuvchi davlat. Bu turnirda qatnashganimizdan mamnunmiz. Hamma narsa yuqori darajada bo‘ldi.
- Jamoangizda qaysi futbolchi sizda yahshi taassurot qoldirdi?
- Buni aytish juda qiyin masala chunki hamma o‘zini yaxshi tarafdan ko‘rsatdi, ammo jamoamiz sardori Tayris Frensisni alohida ta’kidlab o‘tgan bo‘lar edim. Chunki u rostdan ham jamoani yetakchisi bo‘la oldi va hammadan bir bosh ustun bo‘ldi.
- Ertaga ushbu turnirning final uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Sizningcha qasi jamoa chempion bo‘ladi?
- Aniq bir narsa deya olmayman. Ammo umid qilamanki, ertaga O‘zbekiston ham Saudiya Arabistoni ham to‘lib toshgan stadionda mazza qilib futbol o‘ynaydi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi