Bugun U-23 Osiyo Kubogi final bahsi o‘tkazildi. O‘zbekiston - Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi bellashuvdan so‘ng matbuot anjumani tashkil etildi. Unda terma jamoamiz ustozi Timur Kapadze ishtirok etdi.
- Bugun g‘alaba qozonib, butun xalqimizni xursand qilmoqchi edik. Ammo buni uddalay olmadik. Uzr so‘rayman. Nasib emas ekan. Albatta, keyingi safar niyatimizga erishamiz, degan umiddaman.
- Mag‘lubiyatga charchoq asosiy sabab, deb o‘ylaysizmi? Yetakchilarning o‘yinni qo‘lga ololmagani nima bilan bog‘liq?
- Bu turnirda charchoq albatta bilinadi. Lekin bugun futbolchilar borini berib o‘ynadi. Qolaversa, maydonning holati ikkala jamoaga halal berdi.
- Musobaqadan xulosa?
- Jamoani tashkil etishda olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritish edi. Biz yosh bo‘lsak ham finalgacha keldik. Shunday ajoyib futbolchilarni bilib oldim. Ular yaxshi harakat qildi. Men ular bilan faxrlanaman. Biz undan ham kuchli bo‘lamiz. Albatta, maqsadimizga erishamiz. Katta tajriba to‘pladik.
- Musobaqada o‘zini ko‘rsatgan qaysi futbolchilaringizni ko‘rsata olasiz?
- Turnirdagi barcha futbolchilar o‘zini ko‘rsatdi. Alohida qaysidir futbolchimni ko‘rsata olmayman. O‘sadigan va yanada kuchli bo‘ladigan tomonlarimiz bor. Bunga e’tibor qaratamiz.
Hozirgi holatimiz yaxshi emas. Ikkinchi o‘rinni olganimiz uchun. Biz ruhiy tomondan charchadik. Lekin uzoq muddat dam ola olmaymiz. Final tarixga aylandi. Keyingi musobaqalarga tayyorgarlik ko‘ramiz. Boshqa futbolchilarni ham qaraymiz.
- Jamoada o‘zini ko‘rsatgan futbolchilar bo‘ldimi? Qaysi futbolchilar borasida sizga aloqaga chiqishdi?
- Bunday musobaqalarga hammaning e’tibori qaratiladi. Bu normal holat. Bizning futbolchilarga qanday takliflar bo‘lganidan xabarim yo‘q. Hammaning agenti bor. Biz ularni bu bilan chalg‘itmadik. Bu men bilgan holat. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi