Superliganing 12-turida "Olimpik"ka qarshi bahsdan keyin AGMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov o‘z fikrlarini bildirdi.
- O‘yinni barcha o‘zi taxlil qilsa ham bo‘lardi. Menimcha, biz boshqa sayyoradan kelganmiz. Kiyim almashtirish xonasida yigitlarga nima bo‘lishidan qat’iy nazar oxirigacha kurashishimiz kerakligini aytgandim. "Olimpik"ni g‘alaba bilan tabriklayman. Bu o‘yin endi tarix, keyingi o‘yinga tayyorlanamiz. Afsus, keyingi o‘yinni Sardor Rahmonov o‘tkazib yuboradi. Murod Toshmatov jarohat oldi.
- Murod Toshmatovning holati qanday?
- Shifokorlar ko‘rigini kutamiz. Bu tibbiy ko‘rikdan keyin ma’lum bo‘ladi. Uning tizzasida jarohat bor. Barchasi ertalab aniq bo‘ldi.
- Mirjalol Qosimov personajidan doimo yuqori natijalar, g‘alabalar kutishadi. Bu Siz uchun qanchalik darajada bosim beradi?
- O‘zim oldimga doimo yuqori maqsadni qo‘yaman. Doimo yuqori o‘rinlarda bo‘lishni istayman, shuning uchun kurashaman. Ammo bu futbol, doim ham o‘xshayvermaydi. Barchasi maydondagi o‘yinda hal bo‘ladi.
- Muxlislar "Olimpik" va "Nasaf"ning o‘yinini bir-biriga qiyoslashadi, ya’ni, o‘yin uslub bir-biriga yaqin deyishadi. Bunga qanday fikrdasiz?
- Doim ham o‘yin bir xil chiqavermaydi. "Olimpik" kelajak uchun tayyorlanayotgan jamoa. Ularning oldiga oliy maqsad qo‘yilgan. Ular shu yo‘l orqali o‘z vazifasini bajarishi kerak. Yigitlar shu o‘yinlar orqali toblanib borib, Olimpiada saralash o‘yinlarida o‘zini ko‘rsatib, musobaqaga yo‘llanma olishi kerak. Shu sababli tarkibda bir xil yoshdagi iqtidorli futbolchilar yig‘ilgan. Balki shu sababli ikki jamoaning o‘yini o‘xshashdir. Temur Kapadzeni ham bilamiz. U doimo to‘p bilan birga bo‘lishni, qisqa paslar orqali jamoasini o‘ynatishni talab qiladi. Ularning orasidagi farq bir yosh. Balki tarkibda tajribali futbolchilar bo‘lganida albatta, plyus bo‘lardi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi