09:50 / 23.06.2022
1 447

Ilhom Mo‘minjonov: "O‘ylaymanki, bugun Yaypandagi oxirgi o‘yinimiz bo‘ldi"

Ilhom Mo‘minjonov: "O‘ylaymanki, bugun Yaypandagi oxirgi o‘yinimiz bo‘ldi"
Superliganing 12-turidan o‘rin olgan "Neftchi" - "Nasaf" uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Ilhom Mo‘minjonov fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Bugungi o‘yinga to‘xtalsam, tanaffus bizga foyda keltirdi. 2-3 nafar futbolchilarimiz jarohatdan forig‘ bo‘lib maydonga qaytishdi. Bu o‘yinda biz g‘alabaga loyiq edik, deb o‘ylayman. Bir nechta vaziyatlarda "Nasaf" darvozaboni mahoratini ko‘rsatdi. Durang, bir ochko bilan ham yigitlarni tabriklayman. Ularga qilgan mehnati uchun rahmat aytaman. Muxlislarga ham minnatdorchilik bildirishimiz zarur. Shu paytgacha doim ajoyib tarzda qo‘llab-quvvatlab kelishmoqda.

- Lutfulla To‘rayev bugun himoyada harakat qildi. U keyingi uchrashuvlarda o‘z pozitsiyaga qaytadimi?
- Anvarjon G‘ofurovda 4ta sariq kartochka borligi uchun bugungi uchrashuvni o‘tkazib yubordi. Hozirda Abbos G‘ulomovda ham shunday holat. Umar Adhamzoda, Lutfulla To‘rayev, Izzatilla Abdullayev Superligadagi tanaffusda tiklanishdi. Bu esa raqobatni oshirdi.

- Husniddin G‘ofurov ko‘rinish bermayotgani nima bilan bog‘liq?
- Jarohati bor. Uyda davolanmoqda.

- Abror Ismoilovning shartnomasi qanday?
- Yil oxirigacha ijaraga olingan.

- "Surxon" bilan uchrashuvning neytral maydonda o‘tishi "Neftchi"ga ustunlik beradimi?
- Ular ham biz kabi neytral maydonda o‘ynamoqda. O‘ylaymanki, bu yerdagi oxirgi o‘yinimiz bo‘ldi. Safardan qaytganimizdan so‘ng ikkinchi davrada "Istiqlol" stadionida raqiblarni qabul qilamiz. "Surxon"ning oxirgi ikki o‘yinini kuzatdik. Murabbiyning qo‘li borligi ko‘rinib turibdi. Biz faqat uch ochko uchun o‘ynaymiz. Ortga yo‘limiz yo‘q.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ilhom Mo‘minjonov: "O‘ylaymanki, bugun Yaypandagi oxirgi o‘yinimiz bo‘ldi"