1 430
Nikola Lazarevich: "O‘yin boshida yuzaga kelgan vaziyatlardan foydalana olmaslik - jamoamizning og‘riqli nuqtasi"
Superliganing 12-turidan o‘rin olgan "Qizilqum" - "Paxtakor" (0:2) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Nikola Lazarevich fikrlarini bildirib o‘tdi.
- O‘yin haqida fikrlaringiz
- Birinchi navbatda "Paxtakor" va Slavche Voyneskini tabriklamoqchiman. Ular g‘alabaga loyiq edilar. Biz bunday o‘yinni kutmagandik. O‘yin boshida yigitlarim harakat qilishdi. Bizda vaziyatlar ham bo‘ldi. Ammo bu jamoamizning asosiy kamchiligi bo‘lib qolmoqda. O‘yin boshida yuzaga kelgan vaziyatlardan foydalana olmaslik - jamoamizning og‘riqli nuqtasi. Keyin esa o‘zimiz gol o‘tkazib yuboryapmiz. Birinchi bo‘limning boshlarida temp yuqori bo‘ldi. Keyin esa temp biroz tushdi. Ikkinchi bo‘limning oxirlarida esa jismoniy holatimiz sabab biror narsa qila olmadik. "Paxtakor" futbolchilarining jismoniy holatlarini ham e’tirof etish joiz. Oldinga intilishda davom etamiz. Keyingi o‘yinga tayyorlanishni boshlash kerak.
- Ikkita o‘zgarishni amalga oshirganingizdan va jamoa gol o‘tazib yubordi...
- Albatta, Stanislavlevichni o‘zgartirish avvaldan rejalashtirilgandi. Zoteyevda charchoq alomatlari sezilib qoldi va shu sabab uni almashtirdik. Afsuski, gol o‘tkazib yubordik. Gol juda chiroyli bo‘ldi. Ammo bunga o‘zimiz yo‘l qo‘yib berdik.
- "Qizulqum" 0:1 hisobida mag‘lubiyatga uchrab turganida ham 5 ta himoyachi bilan harakat qildi. Shu pallada taktikani o‘zgartirib, hujumga e’tibor qaratish ham mumkin edi...
- Biz taktikani kechroq o‘zgartirdik. Sababi, biz golgacha ikki o‘yinchini o‘zgartirib bo‘lgandik. Ular o‘zlarini zaxiraga olishni so‘rashdi. Jamoaga yangi kuchlar qo‘shilgandan so‘ng taktikani o‘zgartirish haqida o‘yladik. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi