Shveysariya appellsiya sudi FIFA sobiq amaldorini qamoqqa hukm qilgan va «PSJ» prezidentini oqlagan.
FIFA sobiq bosh kotibi Jerom Valke shartli ravishda 11 oyga qamalgan. U hujjatlarni qalbakilashtirish va pora olish bo‘yicha aybdor deb topilgan. «PSJ» prezidenti Nossir al-Xalayfi esa Valkeni bu jinoyatga undaganlikdan gumon qilingan edi, ammo sud uni oqlagan.
2020 yilda Valke ayni jinoyatlarni sodir etmagan deb topilib, oqlangandi. Ammo prokuratura hukmga nisbatan appelyatsiya bergan.
2015 yilda FIFA bosh kotibi Valke axloq qo‘mitasi tomonidan futboldan chetlatilgandi. U 2010 yilda jahon chempionatini JARda o‘tkazish ishlarini tashkil qilish uchun pora olishda gumonlangan edi.
Eslatib o‘tamiz, FIFA va UYEFA sobiq rahbarlari Zepp Blatter va Mishel Platini ustidan ham sud jarayoni boshlangan. Hukm keyingi oy boshida e’lon qilinishi kutilyapti. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi