Murodjon Ahmadaliyev va Ronni Rios tarozidan o‘tdi

Murodjon Ahmadaliyev va Ronni Rios tarozidan o‘tdi
Professional boksning birinchi yarim yengil vazn toifasida (55.3 kg) WBA va IBF chempioni Murodjon Ahmadaliyev 26 iyun tongida Ronni Riosga qarshi jang o‘tkazadi.

Mazkur to‘qnashuv oldidan vazn o‘lchash marosimi bo‘lib o‘tdi va har ikkala bokschi me’yorni bajara oldi. Unga ko‘ra, Rios 55.29 kg, Ahmadaliyev 54.97 kg natija qayd etdi.

Eslatib o‘tamiz, boks oqshomi Sport TV kanali orqali namoyish etiladi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar