Oxirgi yil APLda "Manchester Siti" va "Liverpul" yaqqol gegemonlik qilayotganiga hech kimga sir emas. Bu ikki klub nafaqat "tumanli albion"da, balki jahon futbolida ham yetakchilik uchun jiddiy kurash olib bormoqda. Ularning kuchli va deyarli mukammal deya e’tirof etiladigan o‘yin uslubi, kreativ va yuqori saviyadagi futbolchilarning ko‘pligi hamda o‘ziga xos transfer siyosati kabi omillar Manchester va Liverpul klublarining "cho‘qqi"da bo‘lib turishiga sabab bo‘lmoqda.
"Talk Sport" jurnalisti Saymon Jordan tvitterdagi sahifasida aytishicha, Yurgen Klopp yiliga transferlar uchun 28 million yevro ishlatadi, Xosep Gvardiolada esa bu raqamlar 100 million yevroni tashkil etadi. Biz yuqoridagi manbaga asoslangan holda ikki murabbiyning oxirgi 5 yil ichida amalga oshirgan transfer siyosatini tahlil qilib chiqishga qaror qildik.
Klopp "Liverpul" boshqaruviga 2015 yil oktabr oyida kelgan. Ya’ni transferlar oynasi yopilgan bir paytda. Demak, xaridlar grafikasini ko‘rib chiqishda bu yil emas, balki 2016 yilgi mavsum transferlar oynasida amalga oshirilgan oldi-sotdi ishlari inobatga olinsa, adolatdan bo‘ladi. Shunday ekan, biz 2016/2017 yilgi mavsumdan 2020/2021 yilgi mavsumga qadar bo‘lgan 5 yillik oralig‘ni solishtirib chiqamiz.
Bu vaqt mobaynida "shaharliklar" umumiy 656 million funt sterling (har yili o‘rtacha 131 million)ga futbolchi sotib olgan. Liverpulliklarda bu raqam 318 millionni ko‘rsatib turibdi. Har yillik xarajat o‘rtacha 64 millionga teng. Qizig‘i, Klopp jamoasi joriy ko‘rsatkich borasida APLning kuchli to‘rtligiga ham kirmagan. "Siti"dan keyingi o‘rinlarni MYU (630 million), "Chelsi" (465 million), "Arsenal" (428 million) va "Everton" (359 million) kabi klublar band etgan.
Ajablanarlisi, "Manchester Siti" va "Liverpul" futbolchilar sotishda deyarli bir xil ko‘rsatkich qayd etgan. "Qizillar" futbolchilar sotuvidan 342 million, "shaharliklar" 336 million ishlab topgan. Ulardan oldinda "Chelsi" jamoasi joy olgan. Sotuv ishlari "aristokratlar"ning asosiy ishi sanalishini hisobga olsak, 526 million funt summa juda hayratlanarli raqam sanalmaydi. "Chelsi", "Liverpul" va "Manchester Siti"dan keyingi pog‘onalar "Lester" (298 million) va "Everton" (288 million)ga nasib etgan.
Maoshlar borasida Klopp jamoasi Gvardiola klubidan juda orqada emas. "Siti" oxirgi 5 yilda maoshlar uchun 1,5 milliard funtning bahridan o‘tgan. "Liverpul"da esa bu raqamlar 1,4 milliardni tashkil etadi. Orada MYU (1,5 milliard), "Chelsi" (1,4 milliard) va "Arsenal" (1,1 milliard) kabi klublar mavjud.
Raqamlardan shu narsa ko‘rinib turibdiki, iqtisodiy tomonlama "Liverpul" azaliy raqibidan yaxshiroq. Mersisaydliklar kam pul evaziga sifatli futbolchilarni xarid qiladi. Ularga darajasiga nisbatan kamroq maosh to‘laydi. Firmino, Mane, Saloh, Trent Aleksander-Arnold, Endryu Robertson kabi sifatli futbolchilar yuqoridagi gapimiz isboti bo‘la oladi.
Ammo bu "shaharliklar" xarid qilishda tajribasiz deyishga asos bo‘la olmaydi. To‘g‘ri, "Liverpul" bilan taqqoslashda baribir APL chempionlari yutqazishi mumkindir. Biroq shuni yodda tutish lozimki,"Siti" shunchaki katta pullarga egalik qiladigan "boss"lar jamoasi. Tabiiyki, klub yirik transferlar qilishi odatiy hol. Ayniqsa, bosh murabbiy xarid qilishni juda xush ko‘ruvchi Xosep Gvardiola bo‘lsa.
Shohrux Zoirov tarjimasi.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi