23:41 / 05.07.2022
1 465

Samvel Babayan: "Ikkinchi davradagi rejalarimizda Ahmedov ham, To‘xtasinov ham bor"

Samvel Babayan: "Ikkinchi davradagi rejalarimizda Ahmedov ham, To‘xtasinov ham bor"
Coca Cola Superliga 10-turidan o‘rin olgan "Olimpik" – "Navbahor" qoldirilgan bellashuvidan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida mehmonlar bosh murabbiyi Samvel Babayan qatnashdi.

- O‘yin haqidagi fikringiz qanday?
- O‘yin boshida gol kiritdik. Dastlabki 15 daqiqada ham bir qator vaziyatlar yaratdik. Ammo ulardan foydalana olmadik. Raqib o‘yinini ham e’tirof etish lozim. Yosh yigitlar bosimsiz, mazza qilib futbol o‘ynashmoqda. Bizga g‘alaba ko‘proq kerak edi. Biz o‘yinni boshqarishimiz lozim edi. Ammo buning iloji bo‘lmadi. Hali ustida ishlashimiz kerak bo‘lgan jihatlar yetarlicha. Ba’zan o‘yinning borishini nazoratdan chiqarib qo‘ymoqdamiz.

- Nurillo To‘xtasinovning o‘yinidan mamnun emasligingiz va davralar oralig‘ida futbolchini qo‘yib yuborishga tayyor ekanligingiz haqida eshitdik. Bunga qanday munosabat bildira olasiz?
- Bunaqa gap bo‘lmagan. To‘xtasinov asosiy tarkib o‘yinchisi. U bizning ikkinchi davradagi rejalarimiz tarkibiga kiradi.

- Oxirgi daqiqalarda "Navbahor" hujum qilmadi. Bu charchoq bilan bog‘liqmidi?
- Hujumlar qildik. Ammo yaxshi vaziyatlar yarata olmadik. Ikkinchi taymda birinchi bo‘limdagidan kamroq vaziyatlar bo‘ldi. Hujum qilishga raqib jamoadan ko‘ra ko‘proq biz harakat qildik. Ammo vaziyatlar yarata olmadik.

- AGMK bilan o‘yindan keyin Azim Ahmedov jamoa bilan xayrlashganmidi?
- Nima uchun hamma o‘yinchilarimizning xayrlashgani, jamoadan ketayotgani haqida gapiryapti? Ikkala o‘yinchi ham "Navbahor" a’zosi. Bizning ikkinchi davradagi rejalarimizda Ahmedov ham, To‘xtasinov ham bor. Futbolkasini muxlislarga taqdim qilgani emotsiya natijasida kelib chiqdi. Ahmedov zaxiradan o‘yinga qo‘shildi, g‘alabaga o‘z hissasini qo‘shdi. Bu esa futbolchining emotsiyalarga berilishiga sabab bo‘ldi. Bunaqasi bo‘lib turadi. Zaxiramizda futbolkalar yetarlicha.

- "Navbahor" birinchi davrani peshqadam sifatida yakunladi. Jamoaning o‘yinidan qanchalik ko‘nglingiz to‘ldi?
- Albatta, ko‘proq ochkolar jamg‘arishni istagandik. Ochko yo‘qotgan o‘yinlarimizda ham juda ko‘p imkoniyatlar yaratgandik. 25 ochko albatta kam. Ammo bu haqiqiy reallik. "Navbahor" tom ma’noda yangidan qurilmoqda. Tarkibdagi 70% o‘yinchilar jamoada yangi. Oldinda katta ish turibdi. Jamoa yetarli potensialga ega. Aytib o‘tganimdek, o‘yinni boshqarish va hujumda agressiv o‘ynash borasida ishlashimiz kerak. Jadvalda peshqadam ekanimizga kelsak, bu albatta xursand qiladi. Himoya chizig‘imiz ham ishonchli o‘yin ko‘rsatmoqda. O‘tkazib yuborilgan gollar borasida ham eng yaxshi natijalardan biri bizga tegishli. Vaziyatlardan foydalanish borasida esa muammolar yetarli.

- "Navbahor" o‘z tarkibiga Diyor Turopovni qo‘shib oldi. Jamoada yana qanday yaxshi o‘zgarishlar bo‘ladi?
- Biz Diyor Turopovni jamoamiz o‘yinchisi sifatida rasman e’lon qilganimizdan so‘nggina, u "Navbahor" futbolchisiga aylanadi. Albatta, hozirda bir necha o‘yinchilar bilan muzokaralar ketmoqda. Biroq, "Navbahor"ning hozirgi tarkibida ham kuchli o‘yinchilar yetarlicha. Ikkinchi davrada tarkibga unchalik ham ko‘p o‘yinchi qo‘shilmaydi. Asosiy e’tibor birinchi davradagi o‘yinchilarga qaratiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Samvel Babayan: "Ikkinchi davradagi rejalarimizda Ahmedov ham, To‘xtasinov ham bor"