"Real" darvozasiga gol urgan o‘zbek futbolchisi jamoasiz qoldi

"Real" darvozasiga gol urgan o‘zbek futbolchisi jamoasiz qoldi
Hamyurtimiz Jasur Yaxshiboyev 2021 yilning fevral oyida Varshavaning “Legiya” jamoasiga kelib qo‘shilgan edi. U Polshaning 15 karra chempioni safida bor yo‘g‘i 3 ta o‘yinda maydonga tushgan.

Yaxshiboyev so‘nggi oylarni Moldovaning "Sherif Tiraspol" klubida ijarada o‘tkazdi. U bu jamoa safida milliy chempionatda oltita, Yevropa ligasida 2 ta va Chempionlar ligasida 3 ta o‘yinda ishtirok etdi. E’tiborlisi, Jasur YECHL guruh bosqichida Madridda "Real" darvozasiga gol urdi va o‘sha o‘yinda jamoasi sensatsion tarzda 2:1 hisobida g‘alaba qozongan edi.

Kecha "Legiya" Jasur Yaxshiboyev bilan shartnoma o‘zaro kelishuv asosida bekor qilinganini e’lon qildi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar