1 740
Makedoniyalik legioner Babayan bilan munosabati, klubdan nega ketib qolgani va yurtimizdagi hayoti haqida
“Navbahor” sharafini o‘tgan yili himoya qilgan legioner – makedoniyalik Boyan Naydenov yodingizdami? Namanganliklar safiga ikkinchi davra arafasida qo‘shilgan bo‘lib, 13 ta uchrashuv maydonga tushib 2 ta gol urgandi.
Holbuki u himoyachi edi. O‘zidan yaxshi taassurot qoldirdi. Biroq chempionat tugagach, Naydenov jamoani tark etdi. “Navbahor”dan keyin Chernogoriyada “Iskra” klubi uchun to‘p sura boshladi va u yerda 6 ta o‘yinda qatnashdi.
Ammo u yerdan ketdi. Kuni kecha Sports.uz muxbiri makedoniyalik legioner bilan suhbatlashdi.
- Boyan, sizni “Navbahor” klubidagi faoliyatingiz orqali yaxshi eslab qolganmiz. Ayting-chi, sobiq jamoangizdan qanday xotiralar qolgan?
- Menda “Navbahor” bilan juda yaxshi xotiralar va ajoyib hayotiy tajribalar qolgan. Klub bilan bog‘liq yaxshi xotiralarni eslayman. Avvalo, jamoa, muxlislar, u yerdagi barcha ishchilar – hammasi yaxshi insonlar edi. “Navbahor”da xuddiki, bir necha yillar davomida jamoaning bir bo‘lagi ekanimni his qilib faoliyat olib borgandek bo‘lganman. Shuning uchun ham ulardan juda minnatdorman.
- Namanganda ko‘proq qolishingizni kutgandik. Nega yarim mavsumdan keyin ketib qolgansiz?
- O‘zbekistonga kelganimda maza qilganman, men uchun yaxshi davrlar bo‘lgan. Balki keyinchalik menga mentalitet tarafdan nimadir yetishmagandir. To‘g‘risi, Namangandagi hayot Makedoniyadagi hayotdan butunlay farq qiladi. Lekin yakunda baribir ushbu hayot tarziga o‘rganib ketgandim. “Navbahor”dagi faoliyatim yakunida ham baxtli edim. Yaxshiroq o‘yin namoyish eta boshlagandim. Aslida, biroz dam olish maqsadida ketgandim, ta’til payti edi. Baribir keyinchalik nima qilmoqchiligimni, qanday qadam tashlashim lozimligini aniqlashtirib olishim kerak edi. Balki o‘sha vaziyatda xato qilgandirman. Chunki qolishim ham mumkin edi. Balki qolganimda yaxshiroq bo‘larmidi?!
- Boyan, sobiq klubingizni hali ham kuzatib kelyapsizmi? Birinchi davradan keyin “Navbahor” 1-o‘rinda...
- Ha, albatta. Men haligacha ularni kuzatib boraman. Deyarli “Navbahor”ning har bir uchrashuvini qoldirmasdan ko‘rib boraman.
- Samvel Babayan bilan munosabatingiz qanday edi?
- Babayan va mening o‘rtamda nihoyatda yaxshi aloqalar mavjud. Biz yaxshi do‘stmiz, deya olaman. U haqida gapirganda birinchi navbatda professionalligi haqida aytgan bo‘lardim. O‘z ishini juda ham yaxshi biladi. Sizdan doim kerakli bo‘lgan narsalarni so‘raydi va ushbu so‘rovlarini to‘liq bajarishga harakat qilishingiz kerak. O‘ylaymanki, men uning ishonchini imkon qadar oqlay oldim.
- “Navbahor”dan keyingi faoliyatingiz qanday kechyapti?
- O‘zbekistondan keyin Chernogoriyaga bordim. Lekin u yerda bir nechta o‘yinlar o‘tkazganimdan so‘ng, jarohat oldim va mavsumning qolgan qismini lazaretda o‘tkazdim, umuman maydonga tusha olmadim. Klub qolishimni istadi, ammo, to‘g‘risi, yana boshqa chaqiruvlarga, sarguzashtlarga o‘ch edim. Balki yana Osiyoga qaytgim kelgandir, shu bois u yerdan ketdim.
- “Navbahor”ning bu yil chempion bo‘lishiga ishonasizmi yoki bu juda murakkabmi?
- Albatta, bu yil “Navbahor” chempion bo‘lishi mumkin va men bunga qattiq ishonaman.
- Umuman aytganda, o‘zbek chempionatining saviyasi haqida nimalarni ayta olasiz?
- Ha, menga O‘zbekiston chempionati yoqadi. O‘ziga yarasha kuchli va qattiq futbol o‘ynashadi. Juda ham ko‘p yugurish talab etiladi. Shunga yarasha O‘zbekiston futbolchilari jiddiy va sifatli. Ularga jiddiy yondashish kerak.
- Yana yurtimizdan taklif bo‘lsa, bunga qanday qaraysiz?
- Agar taklif tushadigan bo‘lsa, qaytishdan faqat xursand bo‘laman. Menga O‘zbekiston yoqadi. U yerdagi insonlar ham menda juda yaxshi taassurot qoldirgan. Ayniqsa, Toshkent nihoyatda chiroyli shahar. Tabiat jihatidan ham ajoyib va futbol ham u yerda yaxshi rivojlanyapti. Aynan shu narsalar meni ko‘p sog‘inadiganlarim va men bularga o‘rganib ham qolgandim. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)