AQSHning Las-Vegas shahrida Toshkent vaqti bilan 10 iyul tongida UFC Vegas 58 musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu MMA oqshomida o‘zbekistonlik yakkakurashchi Saidyoqub Qahramonov (10-2) ishtirok etdi. Unga Ronni Lourens (8-2) raqib bo‘ldi.
Jang Saidyoqubning ustunligida o‘tdi. Uch raund davom etgan jangda sportchi ochkolar evaziga raqibidan ustun keldi. Shu tariqa o‘zbekistonlik yakkakurashchi UFC’dagi navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritdi.
Qahramonov UFC’dagi debyut jangini Guam vakili Trevin Jonsga qarshi o‘tkazib, raqibini bo‘g‘ish usuli bilan mag‘lub etgandi.
Ma’lumot uchun, Saidyoqub Qahramonov 1995 yilning 14 noyabrida Samarqandda tug‘ilgan. Sportchi professional MMA’da o‘nta jang o‘tkazib, ularning 8 tasida g‘olib bo‘lgan va ikkita jangda yutqazgan. Mag‘lubiyatlaridan birini hozirda UFC’da ishtirok etayotgan Umar Nurmagomedovdan qabul qilib olgan.
Saidyoqub Qahramonov1, Ronni Lourens1, UFC1 “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Kreml saroyida O‘zbekiston yulduzlari konserti qanday o‘tdi?