Yillar o‘tmoqda, ammo Konor MakGregor aralash jang san’ati vakillari urishishni orzu qiladigan personaj bo‘lishdan to‘xtagani yo‘q. Janjalkash irlandiyalik bilan oktagonda to‘qnash kelishni deyarli barcha istaydi. Ularni tushunish mumkin.
Konor bu - oltita nollik chek va dunyo darajasidagi mashhurlik kalitiga aylanib ulgurdi. Muxlislarga MakGregorning allaqachon pik formani yo‘qotgani, avvalgidek yuqori tempda jang o‘tkaza olmasligining umuman ahamiyati yo‘q. Uning hozirgi mashhurligi kamida yana 10 yil uni boqishi mumkin.
UFCning yengil vazndagi chempioni Charlz Oliveyra bejizga MakGregor bilan to‘qnash kelish istagi bor ekanligini ma’lum qilmadi. Vaholanki, unda Jastin Getji, Xorxe Masvidal, Maykl Chendler variantlari bor. Hatto, tresh-tok qiroli sanalgan Toni Fergyuson ham Konor bilan oktagonda to‘qnash kelish uchun borini berishga tayyor. U har bir intervyusida MakGregorni haqorat qilishga urinadi. Shu yo‘sinda u bilan oktagonda to‘qnash kelishga harakat qilishi kundek ravshan.
Barcha Konorga "vizov" tashlash bilan band bo‘layotgan bir paytda, qahramonimiz o‘zining 3 million dollarlik yaxtasida dam olmoqda. Deyarli 5 yulduzli yaxtasida jurnalistlar nigohidan ancha olisda bo‘lish imkonini taqdim etadi. So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Konor deyarli 3 oydan beri o‘z kemasida sarguzasht izlab sayohat qilmoqda. AQSHning turli shaharlarini aylanib yuribdi. Doping ofitserlar irlandiyalik jangchini 3 oydan beri "tuta olmayapti". Vaholanki, ular buni istaganida, birinchi imkoniyat paydo bo‘lishi bilanoq burchini bajargan bo‘lardi.
Hozir, UFC uchun Konorning bor ekanligining o‘zi katta plyus! Agar sportchining qonida man etilgan moddalar aniqlansa, qonun-qoidaga ko‘ra o‘rtadagi shartnoma bekor qilinishi kerak. Hozircha, Dana Uayt voqealar rivojini bir chetda kuzatmoqda. U o‘z promoushenini dunyoning birinchi raqamli shousiga aylantirgan yigitni qo‘yib yubormoqchi emas. Konor esa, barchaning ichini kuydirib, yana bir katta loyihani amalga oshirish arafasida turibdi. Turli manbalarga tayanadigan bo‘lsak, Floyd Mayveyzer bilan revansh ortidan irlandiyalik "olifta" 157 million dollar ishlab olishi mumkin ekan.
Hozir, uning agentlari bu masala borasida bosh qotirayotgani haqida mish-mishlar yuribdi. Dana Uayt esa, ikki vaziyatda ham kattagina daromad olishi mumkin. Har holda, bu jang ortidan keladigan pullarning bir qismi unga nasib etadi. Xo‘sh, Konor yana UFCga qaytadimi? Yoki, boksdagi ikkinchi jangi orqali 7 avlodiga yetadigan pul ishlab olar? Bu savollarga faqatgina Dana Uayt va Konor MakGregor javob berishi mumkin. Ular esa qartalarini faqat o‘yinning oxirida ochishga odatlangan. Voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz.
Ya. U
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)