EChLda «Real» darvozasiga gol urgan futbolchi «Navbahor»ga o‘tdi

EChLda «Real» darvozasiga gol urgan futbolchi «Navbahor»ga o‘tdi
25 yoshli hujumchi Superliga 1-davrasidan so‘ng peshqadam bo‘lib turgan «Navbahor» bilan bitim imzoladi.

Jasur Yaxshiboyev Polshaning «Legiya» klubi bilan shartnomasini bekor qilib, namanganliklar safiga erkin agent sifatida qo‘shildi.

Hujumchi o‘z faoliyati davomida «Paxtakor», OKMK, Belarusning «Energetik-BGU» va «Shaxtyor», Moldovaning «Sherif» jamoalarida ham o‘ynagan.

«Sherif» tarkibida o‘tgan mavsumda EChLda «Real» darvozasini ishg‘ol qilgan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar