Murabbiylik qismati qanaqaligini uning ichida ishlayotganlar juda yaxshi bilishadi. Shuning uchun murabbiylar orasida o‘zaro shunday gap bor: bugun kelgan joyingda chamadoning albatta eshiging oldida tursin! Bu har qanday vaziyatda ishdan ketishing mumkin va shunga doim tayyor tur, degan ma’noni bildiradi. Yutsa jamoa yutadi, yutqazsa murabbiy yutqazadi, degan ibora ular uchun naqadar yoqimsiz va yozilmagan qonun bo‘lib qolgan. Chunki doim natija o‘xshamaganda kaltak birinchi bo‘lib bosh murabbiyning boshida sinadi. Ushbu satrlarni yozishimizga sabab bu “Paxtakor”ning endilikdagi sobiq ustozi Slavche Voyneskidir. Yuqorida aytganlarimiz ushbu mutaxassis bilan sodir bo‘ldi.
Mavsum boshida taklif qilindi. Toshkentga keldi, ko‘rdi, ishladi va ketdi. Ha, murabbiylik qismatidagi achchiq vaziyat uni ham chetlab o‘tmadi. Voyneskiga “Paxtakor”da yarim mavsum ishlashi kifoya qildi. Ammo har qanday holatda ham natija “gapiradi”. Voyneski bo‘yicha muxlislarda turlicha taassurotlar qoldi. Boshida hammasi yaxshidek edi. Chunki chempionat oldidan Kubok qo‘lga kiritildi. Osiyo Chempionlar ligasida natija o‘xshamadi. Birinchi davrani “Paxtakor” 3-o‘rinda tugatdi. Rahbariyat esa makedoniyalik mutaxassis bilan hamkorlikni to‘xtatishni lozim topdi.
Voyneski klubni tark etgach, Sports.uz saytiga intervyu berib, unda barcha masalaga alohida to‘xtalib o‘tdi. Mayli, bunga yana e’tibor qaratmoqchi emasman. Har qanday murabbiyning hayoti klubdan ketgandan keyin to‘xtab qolmaydi, yana davom etadi. Bizga yetib kelgan ma’lumotlarga qaraganda, Voyneski uzoq vaqt ishsiz qolmaydigan ko‘rinadi. Boisi, uning xizmatiga qiziqish bildirayotganlar talaygina.
Yodingizda bo‘lsa, saytimizga bergan intervyusida ikkita taklif borligi haqida aytib o‘tgandi. Ma’lum bo‘lishicha, ulardan biri Osiyodan bo‘lib, terma jamoa boshqaruvini unga taklif qilishgan. “Paxtakor”ning sobiq ustozi esa rad etgan. Keyin Makedoniyaning yetakchi jamoalaridan biri u bilan hamkorlik qilishi istagini o‘rtaga tashlagan. Ko‘pchilik, Slavcheni o‘z yurtida ishlasa kerak, degan taxminlarni ilgari surmoqda. Biroq hozircha bunday emas. Boisi, Voyneski o‘sha sovrindor klubning taklifini ham qabul qilmaganligi oydinlashdi.
Yana bir gap: ilgari Turkiyada ham faoliyat olib borgani sababli u yerda ham Slavche haqida yaxshi bilishadi. Bizning ma’lumotimizga ko‘ra, turk klublaridan biri unga qiziqish bildirmoqda. Biroq hozircha “Paxtakor”ning sobiq bosh murabbiyi bu borada jiddiy reaksiya bildirgani yo‘q.
Darvoqe, qo‘shni Qozog‘istondan ham murabbiyga e’tibor qaratilgan. Uning “Paxtakor”dan ketganini eshitgan qozoq klubi bosh murabbiylik bo‘yicha taklif bilan chiqishdi. Ammo nimasidir yoqmagan ko‘rinadi, makedoniyalik mutaxassis bu chaqiruvni ham qabul qilmadi. Keyin bilsak shuncha takliflarni rad qilayotganining boshqa sababi borga o‘xshab qoldi. Gap shundaki, Voyneski tez orada Slovakiyaga safar qiladi. Bundan maqsad u yerda muzokaralar stolida suhbat kechadi. Ammo bu Slovakiya jamoalari bilan bog‘liq emas. Aniqrog‘i, Chexiyadan yana bir jiddiy chorlov bo‘lgan. O‘shalar bilan ish masalasida gaplashish maqsadida 48 yoshli mutaxassis Slovakiyaga boradi. Chunki muzokara ushbu mamlakatda bo‘lib o‘tadi. Agar tomonlar bir to‘xtamga kelsa, murabbiy darhol yana ishga sho‘ng‘ib ketadi.
Murabbiy “Paxtakor” bilan yanvar oyida shartnoma imzoladi va 6 iyul kuni bitim bekor qilindi. Shunday qilib, u yerda 177 kun ishlagani ma’lum bo‘ldi. Qizig‘i, undan oldin ishlagan klubi – “SFK Sered”da 166 kun ish faoliyatida bo‘lgan. Umuman olganda, u Turkiyada “Rizespor”, “Gaziantepspor”, “Genchlerbirligi”, “Elagizspor” singari klublarda turli lavozimlarda ishlagan. Shuningdek, Makedoniya terma jamoasida bosh murabbiy yordamchisi lavozimida 5 yil davomida faoliyat olib borgan. Qiziq, “Paxtakor”dan keyin qaysi jamoani qabul qilarkin? “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar