Xabaringiz bor, hozirgi kunda Superliga jamoalari yozgi ta’tilda. Biz esa fursatdan foydalanib, "Paxtakor" jamoasining chernogoriyalik futbolchisi Oliver Sharkich bilan suhbatlashdik.
- Siz oxirgi turlarni o‘tkazib yuborishingizning sababi nimada?
- Iyun oyida "Olimpik"ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida jarohat olgan edim. Murrabiy jarohatimdan tiklanishim zarurligini aytgandi.
- Hozirgi kunda Superligada tannafus. Bo‘sh vaqtingizni qanday o‘tkazmoqdasiz?
- Dam olishga umuman vaqt yo‘q. Chunki jarohatdan tiklanib, yahshi jismoniy holatimga qaytishim kerak. Shundan so‘ng, avgustdagi birinchi uchrashuvga tayyor bo‘lishim shart.
- Slavche Voyneskini klubdan ketishi haqida fikrlaringiz?
- O‘ylashimcha, u klub bilan nimagadir erishish uchun qo‘lidan kelganini qildi. Futbolda hamma narsa tez ro‘y beradi. Mavsumni Superkubokni yutish bilan boshlab, mavsum yarmida iste’foga chiqish - buning barchasi futbol.
- Maksim Shatskixni jamoaga kelishiga munosabatingiz qanday?
- Slavchega menga imkoniyat bergani uchun rahmat aytib qolaman. Klub hozir uning o‘rniga o‘zbek futboli afsonasi va sobiq ajoyib hujumchi Maksim Shatskixni olib kelishga qaror qildi. Umid qilamanki, biz birga yahshi ishlab, katta marralarni zabt eta olamiz.
- Maksim Shatskixni jamoa murrabiyiga aylanishi rejalaringizga ta’sir qiladimi?
- Mening rejam - jamoaga qo‘limdan kelgancha yordam berish. Mavsum oxirigacha shartnomam bor, uyog‘ini vaqt ko‘rsatadi.
- Sizga qaysi pozitsiyada o‘ynash qulayroq?
- Men uchun hujumda o‘ynash qulayroq, chunki men ko‘p gol urishni yoqtiraman. Ammo o‘zimni xujumkor yarim himoyachi rolida ham yaxshi his qilaman. Faoliyatim davomida himoyadan tashqari hamma pozitsiyada o‘ynaganman. Biroq, menga ko‘proq hujumda o‘ynash yoqadi.
- Bu yilgi mavsumda qaysi jamoalar chempionlik uchun favorit deb o‘ylaysiz?
- To‘g‘risini aytsam, hamma jamoalar ajoyib o‘yin ko‘rsatishmoqda. Oxirgi o‘yinlarda bizga omad yetishmadi va 90-daqiqadan so‘ng ochko yo‘qotishni boshladik. O‘ylashimcha, biz chempionlik uchun loyiq jamoamiz.
- Menda bor ma’lumotlarga qaraganda, siz Viktor Lindelyof bilan bir jamoada o‘ynagan ekansiz...
- Albatta, men Yuriy Tilemans, Ruben Diash, Renato Sanchesh va Joau Felish kabi futbolchilar bilan ham bir jamoada o‘ynaganman.
- Qaysi mashhur futbolchilarga qarshi maydonda to‘p surgansiz?
- O‘tgan mavsumda sobiq jamoam bilan "Manchester Siti"ga qarshi o‘ynagandim.
- Muhlislarga tilaklaringiz...
- Bizni qullab-quvatlashlarini so‘ragan bular edim. Biz ular uchun maydonda borimizni berib, chempion bo‘lishga xarakat qilamiz.
Uchqun Azimov suhbatlashdi.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar