Termizning “Surxon” jamoasi yozgi tayyorgarligini davom ettiryapti. Tarkibda ayrim o‘zgarishlar yuz berayoganidan xabaringiz bor.
Kuni kecha yarim himoyachi Baxtiyor Qosimov Qatarga ketdi. Jamoaga esa ispaniyalik legionerlar qo‘shildi. Klub bosh murabbiyi Anxel Lopes shu va boshqa masalalar bo‘yicha intervyu berdi.
- Avvalo, Baxtiyor Qosimovning Qatar klubiga ketganiga qanday munosabatda bo‘ldingiz?
- Uning uchun juda ham xursandman. Ushbu tuzilgan shartnomani biz uchun ham katta muvaffaqiyat deb aytishim mumkin. Futbolchining mazkur shartnomaga imzo chekishi “Surxon”dagi o‘yinlari orqali ro‘y berdi. Ya’ni, bunga jamoamizdagi ajoyib o‘yinlari sabab bo‘ldi, deb ayta olaman. Aslida u o‘tgan mavsumda “Andijon” bilan quyi divizionga tushib ketgandi. Mening “Surxon”dagi vazifam shundan iboratki, futbolchilarni qaytadan kashf etishim, ularning qadrini qaytadan ko‘tarishim kerak. Shu bilan bir qatorda klubning moliyaviy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligimiz ham lozim.
- Nima deb o‘ylaysiz, uning ketishi “Surxon” uchun jiddiy yo‘qotishmi? Uning o‘rnini qanday to‘ldirasiz?
- Albatta, biz uni sog‘inamiz. O‘rni bilinadi. Ammo, baribir jamoa sifatida kuchayish va o‘zimiz uchun kerakli bo‘lgan ba’zi o‘yinchilar bilan shartnoma tuzishga harakat qilib ko‘ramiz.
- Jamoangizning ikkinchi davraga tayyorgarligi qanday ketmoqda? Bosh murabbiy sifatida qoniqish hosil qilyapsizmi?
- Biz qattiq mehnat qilyapmiz. Kelajagim haqida juda optimistik kayfiyatdaman. Boshida bir qator muammolar bor edi. Chunki men yangi mavsumga tayyorgarlik jarayonining o‘rtasida yetib kelgandim. Bu loyihani boshlashda biroz qiyinchiliklarni keltirdi. Biroq hozirda o‘zimni juda yaxshi his qilyapman. Jamoani o‘z g‘oyalarim ostida qurayotganimni his qilib turibman. Umid qilamanki, biz oldinga harakatlanishda davom etamiz.
- Klubga yangi futbolchilardan kimlar taklif qilindi va kelishuvga erishayotgan o‘yinchilar ham bormi?
- Biz bir qator futbolchilar bilan shartnoma imzolashga harakat qilib ko‘rdik. Lekin ularning klublari bilan bitimlari borligi sababli buning iloji bo‘lmadi. Ammo Ispaniyadan ikkita hujumchi olib kelishga muvaffaq bo‘lganmiz. Ular bilan hujumkor futbolda yanada yaxshiroq o‘yin ko‘rsatishga umid bildirib qolaman.
- “Surxon”da baxtlimisiz? Bu yerda o‘ylayotgan rejalaringiz amalga oshyaptimi?
- Men baxtliman va juda ham xursandman. Negaki, mustaqil ravishda faoliyat olib boryapman. Klub rahbariyati mening g‘oyalarimni hurmat qilmoqda. To‘laqonli aminmanki, men va atrofimdagi barcha o‘zining maqsadiga to‘g‘ri yo‘nalishda bormoqda. O‘z fikrlarimni tatbiq etgan holatda “Surxon” bilan ishlashda davom etyapman. G‘oyalarimni ba’zida himoya qilishga va g‘oyalarim uchun kurashishga to‘g‘ri keladi. Maqsadimiz albatta eng zo‘r klubni tashkil qilish. Bu borada ishlashda davom etyapmiz.
- “Surxon”ga kelgach, jamoa o‘yinini o‘zgartirishga erishdingiz. Bu borada sizning imzoingiz ko‘rinib turibdi. Ayting-chi, futbolchilarda avvalo nimani o‘zgartira oldingiz?
- Biz ochiq bo‘lishimiz lozim. Lekin shu bilan bir qatorda o‘z ambitsiyalarimizni saqlab qolishimiz kerak. O‘z xohishimizni doim maydonda ko‘rsata olishimiz darkor. G‘alabaga bo‘lgan intilishimizni, rejalarimiz va maqsadlarimizni maydonda namoyish eta olishimiz muhim. Agar turli xil maqsadlarga erishishni istasak, turlicha metodlardan foydalanib ko‘rishimiz kerak. Men maydonda agressiv jamoani, yuqori pressingni, yaxshi futbolni va ayniqsa raqibning yarim maydonida yana ham yaxshi harakat qila oladigan jamoani ko‘rishni istayman. Albatta, jamoa sifatida o‘z futbolchilarimni, tarkibimni shakllantirishga e’tiborimni qaratganman.
- O‘zbek murabbiylari orasida kimning ish uslubini yoqtirasiz?
- Men barchalarini hurmat qilaman. Hamma mamlakatlarda bo‘lgani kabi bu yerda ham turli xil uslublardagi murabbiylar mavjud. Eng muhim narsa shuki, biz hammamiz birgalikda o‘zbek futboliga kirishib ketishimiz kerak. O‘zimiz shu yerda ishlayapmizmi, imkon qadar o‘zbek futbolini rivojlanishiga hissa qo‘shishimiz va bunga qo‘ldan kelganicha harakat qilishimiz lozim. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi