Bir necha kundan beri terma jamoamiz a’zosi Eldor Shomurodovning “Roma”dan ketishi borasidagi xabarlar o‘zbek OAVda keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Rim klubi yaqinda argentinalik mashhur futbolchi Paulo Dibala bilan shartnoma imzoladi va tabiiyki, Rim klubining kelishi, legionerimizning o‘yin vaqtiga ta’sir o‘tkazadi. Bu esa Eldor yetarli o‘yin amaliyoti uchun “bo‘rilar” safini tark etishi kerakligini anglatadi.
Boisi, bir yildan keyin Osiyo kubogi, keyin esa JCH saralash uchrashuvlari doirasidagi muhim bahslar bor. O‘zbekiston terma jamoasiga esa zahiraga “mixlangan” hujumchi emas, balki haqiqiy yetakchi, sardor futbolchi kerak. Shuning uchun ko‘pchilik nashrlar Shomani “Roma”dan ketishi kerakligini ta’kidlamoqda. Bu nafaqat o‘zbek matbuotida, balki ko‘plab xorij OAVda ham ta’kidlangan. Rossiyaning taniqli nashri “Championat.com” ham Eldorning “Roma”dagi faoliyatiga alohida to‘xtalib o‘tdi.
“Roma” Shomurodov o‘rniga "Yuventus" yulduzini olib keldi
2019 yilda Joze Mourino Osiyo Kubogini sharhlash uchun taklif qilindi. O‘shanda murabbiy "Manchester Yunayted" bosh murabbiyligini tark etgan va katta ishtiyoq bilan yangi loyihaga kirishgan edi. O‘shanda u Eldor Shomurodov haqida ilk bor bilgan bo‘lsa, ajabmas. Yana bir oz vaqt o‘tdi va portugaliyalik mutaxassis hamda Eldor o‘rtasida shaxsiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uni futbolchining agenti German Tkachenko tashkil qilgan. Shunda Eldor Joze Mourino o‘zini, balki qayd etgan statistikasini ham bilishidan hayratda qolganini yashirmagan. Esdalik sifatida ular birga selfi tushishdi. Shomurodov xursand, chunki u bolaligida “Chelsi”ga muxlislik qilgan va o‘sha paytda London klubiga aynan Joze ustozlik qilgan edi.
Bir-ikki yil o‘tib, bu shaxslar bir klubda ishlashini ko‘pchilik taxmin qilmagan bo‘lsa kerak. Biroq bu amalga oshdi. “Jenoa”da 2020/21 yilgi mavsumni ajoyib o‘tkazgan Eldor o‘tgan yili “Roma”ga transfer qilindi va ushbu jamoaning murabbiyi Mourino edi.
Ammo bu yil ijtimoiy tarmoqlarda "Roma" ustozi rahbariyatga Shomurodovni o‘z jamoasida ko‘rmayotgani va uni transferga qo‘yish kerakligini aytgani haqida ma’lumotlar paytdi bo‘ldi.
Bu haqda ilk bor “Corriere Dello Sport” nashri xabar berdi. Unga ko‘ra, "Roma" O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisidan tezroq qutulmoqchi, chunki Eldor mavsumoldi yig‘inda murabbiylar shtabini hayron qoldirmagan. Avvaliga klub rahbariyati omadsiz mavsumdan keyin ham futbolchiga imkoniyat bermoqchi edi. Aftidan, Shomurodov buni oqlamadi. Nashrning yozishicha, Eldorni A Seriyaning boshqa klublari sotib olish borasida taklif jo‘natgan. Biroq unga qiziqish u qadar katta emas.
Shomurodovning ketishiga asosiy sabablardan biri Paulo Dibalaning “Roma”ga kelishidir. Argentinalik futbolchi “Yuventus”ni tekinga tark etganidan keyin “bo‘rilar”ni tanlashini ko‘pchilik kutmagan edi. Lekin bunda Mourino katta rol o‘ynagani aytilmoqda. U shaxsan Dibalaga qo‘ng‘iroq qilib, yangi mavsumdagi vazifalar va ambitsiyalar haqida gapirgan. U jamoani argentinalikning atrofida qurishga va’da berdi. Muzokaralar davom etdi va yakunda barchasi ijobiy yakunlandi. Umuman olganda, “Roma” yozgi transfer oynasida ajoyib xaridlarni amalga oshirmoqda. Klub Jozening deyarli barcha talablarini qondirdi. Zeki Chelik "Lill"dan, Mile Svilar "Benfika"dan, Nemanya Matich esa "Manchester Yunayted"dan taklif qilindi. Darhaqiqat, klubning asosiy pozitsiyalari yetkchi o‘yinchilar bilan to‘ldirildi. Murabbiy uchun esa top-darajadagi futbolchilarning bo‘lishi — yangi imkoniyatlar eshigi ochish.
"Roma"ni allaqachon bir nechta futbolchilar tark etishgan, Italiya nashrlarida esa Shomurodov keyingisi bo‘lishi mumkinligiga ishonchi komil. “Roma” 5 ta o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi va shularning 4 tasida Eldorga imkoniyati berildi. Garcha, u mazkur bahslarda bir gol va bir assist muallifiga aylangan bo‘lsa-da, murabbiyda katta taassurot qoldira olmadi. Shu sababli, barcha savolning javobi ketish bo‘lishi mumkin: klub transfer oynasi tugaguncha kutib turadi va eng yaxshi takliflardan birini tanlaydi.
O‘tgan mavsumda Shomurodov qanday o‘ynadi?
O‘tgan mavsum Jeko “Roma”ni tark etib, “Inter” bilan shartnoma imzoaldi. Rim klubi esa bosniyalik futbolchining o‘rniga Eldor xaridini amalga oshirdi, lekin O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi hech qachon “yangi Jeko” bo‘la olmadi. Ko‘p narsa Mourino yaxshi uchun tanish bo‘lgan Temmi Abraxamni jamoaga kelishi bilan bog‘liq. Shunday qilib, mavsum boshida Shomurodovga ishonch bildirildi, hatto Yevropa Konfereniyalar ligasi saralashida gol ham urishni uddaladi. Ammo shundan so‘ng u zaxira o‘rindig‘iga “mixlandi” va asosan o‘yin yakunlanishiga bir necha daqiqa qolganda maydonga tushirildi. Umuman olganda, Shoma to‘qqiz oy ichida atigi beshta gol kiritdi - bu “Roma” uchun kutilgan natija emas.
Mourino qachondan boshlab Shomurodovdan norozi bo‘lishni boshladi?
Italiya A seriyasining 21-turi doirasidagi bahsda "Roma" "Yuventus"ga qarshi maydonga tushdi. Rimliklar o‘yinning 70-daqiqasiga qadar 3:1 hisobida oldinda ketayotgan edi. Keyin maydonga Shomurodov tushdi va o‘yin 3:4 hisobida yakunlandi. Mourino hammani, shu jumladan, Eldorni ham jiddiy tanqid qildi. "Roma" muxlislari esa u haqida turli xil fikrlarni bildirshdi: unda iste’dod bor, lekin ruhiy ustunlik yo‘q.
Bahorda Shomurodov o‘yin vaqti kamligidan noroziligini omma oldida bildirdi
- “Roma”dagi o‘yinimdan noroziman. Men ko‘proq o‘ynashni xohlayman. Mourino bilan muammom bormi? Yo‘q, Joze bilan munosabatlarim yaxshi. Ha, avvalgidek emas, lekin bari-bir Mourino bilan oramizda hech qanday yomon narsa yo‘q. Klub bilan shartnomam bor. Agar ko‘proq o‘ynasam, jamoada qolaman. Ammo endi menda zaxira o‘rindig‘ida o‘tirishni istamayman, - deya futbolchining so‘zlarini keltiradi “RomaPress.net” nashri.
Keyinchalik Eldor bu gaplarni inkor etdi. Aytilishicha, mutbuotda futbolchini noto‘g‘ri tushunishgan. Ammo kech edi. Keyingi 10 uchrashuvda forvard bor-yo‘g‘i 83 daqiqa o‘ynadi. Shubhasiz, bu Shomurodovdek futbolchi uchun yetarli emas. Biroq, mavsum oxirida yana umid uchquni paydo bo‘ldi. Bu mashg‘ulotlardagi mashaqqatli mehnat bilan bog‘liq edi. Futbolchi tinimsiz mehnat qilar va bu murabbiy e’tiboridan chetda qolmadi. Shunday qilib, o‘zbekistonlik futbolchi mavsum oxiridagi bir nechta o‘yinlarda va hatto “Feyenoord”ga qarshi Konferensiyalar ligasi finalida ham zaxiradan maydonga tushdi.
Biroq, endi Eldorning “Roma”dagi hikoyasi yakunlangandek, go‘yo. Variantlar kam: yo uchinchi hujumchi bo‘lib jamoada qolish kerak yoki boshqa klubda o‘z omadini sinash zarur, deya fikr yuritadi “Championat.com”.
Ma’lumotlarga ko‘ra, “Sampdoriya” Eldorni sotib olishdan manfaatdor. Ammo buning uchun klub avval Franchesko Kaputoni sotishi kerak. Rus manbalarida esa SSKA Shomurodovni yana Rossiya premer ligasiga chorlayotgani aytilmoqda. Ammo bular shunchaki mish-mish. Chunki hali hech qaysi jamoa futbolchimiz uchun rasmiy taklif yubormagan.
Kecha legionerimizning agenti Qahhor Mo‘minov Shomani “Roma”dan ketishi mumkinligini inkor etmadi:
"Transfer oynasi vaqtida turli xil variantlar bo‘lishi tabiiy. Faqatgina bir narsani aytishim mumkin: Eldor - "Roma" futbolchisi. Qolgan barchasi OAV tarqatgan taxminlar, xolos. O‘zgarish bo‘lishi mumkin, men hech narsani istisno qilmayman".
Italiyada transfer oynasi 1 sentabr kuni yakuniga yetadi. Demak, “Roma” va Eldor bir qarorga kelishi uchun yetarlicha vaqt bor. Vaziyat qanday tus oladi? Yaqin bir oy ichida barchasiga javob topamiz. Biz esa terma jamoamiz sardorining faoliyatiga omad tilaymiz.
Jamshidbek Mahmudov
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi