Gulruxbegim Tohirjonova / Foto: Oilaviy arxiv
Xalqaro shaxmat olimpiadasining qizlar o‘rtasidagi bahslari 2-turida O‘zbekiston va AQSH terma jamoalari to‘qnash keldi. Musobaqada AQSH nomidan qatnashayotgan o‘zbekistonlik Gulruxbegim Tohirjonova hamyurtlariga qarshi o‘ynashni istamadi. Hindistonning Chennai shahrida shaxmat bo‘yicha 44-jahon olimpiadasi boshlandi.
29 iyulda bo‘lib o‘tgan birinchi turda O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi – Nodirbek Abdusattorov (2004 yil), Nodirbek Yoqubboyev (2002 yil), Javohir Sindorov (2005 yil) va Shamsiddin Vohidov (2002 yil) nepallik raqiblari ustidan g‘alabaga erishdi: O‘zbekiston – Nepal 4:0.
O‘zbekistonlik yigitlarning barchasi – grossmeysterlar (GM). Qatnashchilarning familiyasi yoniga ularning FIDЕ reytingi yozilgan.
Umida Omonova (2006 yil), Afruza Hamdamova (2009 yil), Maftuna Bobomurodova (2006 yil) va Marjona Malikova (2002 yil)dan iborat O‘zbekiston ayollar terma jamoasi ham ganalik raqiblarini mag‘lub etdi: O‘zbekiston – Gana 4:0.
O‘zbekistonlik qizlardan uch nafari FIDЕ ustasi unvoniga ega.
Bugun 2-turda o‘zbekistonlik shaxmatchi yigitlar Farer orollari, qizlar esa AQSH terma jamoasiga qarshi dona surmoqda.
Kun.uz manbasining ma’lum qilishicha, olimpiadaning 2-turida O‘zbekiston terma jamoasi vakili Nilufar Yoqubboyeva AQSH terma jamoasi nomidan ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik Gulruxbegim Tohirjonovaga qarshi dona surishiga to‘g‘ri kelgan.
“Biroq Gulruxbegim o‘yinni rad qilib, O‘zbekistonga qarshi o‘ynamasligini aytdi. Endi 2-turda uning o‘rniga Irina Krush o‘ynaydi. Balki mardlikdir, lekin alamli va ta’sirli ekani aniq”, – deydi suhbatdosh.
Ayni paytgacha Nilufar Yoqubboyeva va Marjona Malikova amerikalik raqiblarga imkoniyatni boy berdi, yana ikkita o‘yin davom etmoqda. Ma’lumot uchun, AQSH terma jamoasi jahon tasnifida 7-, O‘zbekiston esa 46-pog‘onadan joy olgan.
Yigitlar o‘rtasida esa Abdusattorov va Yoqubboyev farerlik shaxmatchilarni mag‘lub etdi, keyingi ikkita stolda ham ustunlik o‘zbekistonliklar tarafida.
Eslatib o‘tamiz, Gulruxbegim Tohirjonova – o‘zbekistonlik qizlar ichida xalqaro grossmeyster unvonini olgan ikkinchi shaxmatchi. U 2020 yilda, 21 yoshida AQSHga jo‘nab ketgan, keyinchalik ketishiga O‘zbekiston shaxmat federatsiyasidagi adolatsizliklar, xususan federatsiya raisining birinchi o‘rinbosari Husan Turdialiyev sabab bo‘lganini aytgandi.
Gulruxbegim o‘tgan yili AQSH chempionatida ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, AQSH terma jamoasidan joy olgan.
Xalqaro shaxmat olimpiadasi1, Gulruxbegim Tohirjonova1, Hindiston1 “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi