Abdulaziz Najmiddinov raqibini ayanchli nokautga uchratdi (video)

Professional bokschilarimiz Vietnamda boʻlib oʻtayotgan boks oqshomida ringga koʻtarilishi haqida xabar bergan edik. Super yarim yarim engil vazndagi bokschimiz Abdulaziz Najmiddinov Indoneziya vakili Rivo Kundimangga qarshi jang oʻtkazdi.
Bahsning 4-raundiga kelib Najmiddinovning toʻgʻridan yoʻllagan zarbasi raqibni chuqur nokautga uchratdi. Shu tariqa bokschimiz professional ringdagi 10-gʻalabasini (8 nokaut) qoʻlga kiritdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing