“Roma”ga kerak bo‘lmay qolgan Eldor Shomurodov qiyin tanlov oldida turibdi. Garchi Joze Mourino legionerimizga yetarli darajada imkon bermagan bo‘lsa-da, o‘zbek futbolchisining salohiyati va mahoratini payqagan jamoalar ko‘p ekan.
Hozirning o‘zida Shomurodovga Italiyadan “Monsa”, “Bolonya”, “Torino”, “Sassuolo”, Angliyadan “Vulverxempton” va Saudiya Arabistonidan “Al-Hilol” jamoalari da’vogarlik qilmoqda. Tabiiyki, bu hali chegara emas. Xaridorlar sirasiga boshqa klublarning ham qo‘lishishi katta ehtimol.
Eldorning transfer bozori qizigan bir pallada mutaxassislar o‘zbek futbolchisining qaysi jamoaga o‘tishini tahlil qilish bilan band. Xususan, manbalardan bir nechtasi Eldor Shomurodov faoliyatini Italiya klublaridan birida davom ettirishga moyilligi va “Vulverxempton”ga o‘tmasligi haqiqatga ancha yaqin ekanini ta’kidlamoqda.
Darhaqiqat, Italiya chempionatida to‘p tepgan ko‘p futbolchilar, xususan, hujumchilar negadir Angliya premer-ligasiga ko‘chib o‘tishni istamaydi. Buni “Roma”ga yangi qo‘shilgan Paulo Dibala misolida ko‘rish mumkin. Argentinalik yulduzga “Manchester Yunayted”, “Nyukasl”, “Chelsi” kabi ingliz klublaridan chorlov bo‘lganiga qaramay, u faoliyatini A Seriyada davom ettirishni ma’qul ko‘rdi.
Yoki Temmi Abraxamni misol qilish mumkin. “Chelsi”dan “Roma”ga o‘tganidan keyin angliyalik hujumchilar orasida eng ko‘p gol ura boshlagan iste’dodli forvard Angliya premer-ligasining bir nechta grandlaridan taklif olgan bo‘lsa-da, ortga qaytish istamadi va faoliyati uchun Italiya chempionati ideal variant ekanini ta’kidladi.
Angliya klublaridan tinimsiz taklif olayotgan “Roma” yulduzlaridan Nikolo Dzanolo ham zamonaviy futbol vataniga qadam qo‘yishga shoshilmayapti. 23 yoshli yulduz Italiya jamoalariga, xususan, “Yuventus”ga o‘tishga moyil. Agar bu transfer o‘xshamasa, Dzanolo Angliyaga ketishdan ko‘ra, “Roma”da qolishni ustun qo‘yadi.
Shu ma’noda, Eldor Shomurodov Angliya premer-ligasiga o‘tmasa, uni tushunish mumkin. Garchi Angliya futboli ancha murakkab. Ayniqsa, hujumchilar uchun. Hatto o‘sha ligada tarbiyalangan Romelu Lukaku Italiyada porlaganidan keyin “Chelsi”ga qaytib ham hech narsani uddalay olmadi. Yana o‘zi so‘rab, A Seriyaga qaytdi.
Bundesliganing eng zo‘r hujumchilaridan Timo Verner ikki mavsumdan beri inglizcha futbolga moslasha olmayapti. Bu forvard ham maoshining teng yarmidan kechib bo‘lsa-ham, sobiq jamoasi “Leypsig”ga qaytishga rozi.
Zamonamizning eng zo‘r to‘purarlaridan Robert Levandovski katta-katta maosh taklif qilgan Angliya grandlari chorloviga e’tibor bermay, maosh masalasida ancha ziqna bo‘lgan “Barselona”ga o‘tib qo‘ya qoldi.
Yana bir yorqin misol Erling Xoland. Avstriya va Germaniya Bundesligalarida tinimsiz gol urib kelgan norvegiyalik futbolchi Angliya futbolining tezkor, chaqqon, baquvvat himoyachilari oldida ancha zaif ko‘rinmoqda. U ham “tumanli Albion”ga moslashishi uchun ancha ter to‘kishiga to‘g‘ri keladi.
Xullas, Eldor Shomurodov yozgi transferlar mavsumi yopilguniga qadar o‘ziga yangi jamoa topishga majbur. Aks holda, yana bir mavsum “Roma” zaxirasida qolib, qimmatli vaqtini bekor o‘tkazishiga to‘g‘ri keladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas