1 596
Samvel Babayan: "Bugun o‘yinning boshidan to oxirgi soniyasigacha vaziyatni nazorat qildik"
Superliganing 14-turidan o‘rin olgan "Nasaf" - "Navbahor" (0:1) uchrashuvidan so‘ng, mehmonlar bosh murabbiyi Samvel Babayan matbuot anjumanida qatnashdi va o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- Janob murabbiy, sizni g‘alaba bilan tabriklaymiz. O‘yin haqidagi fikrlaringiz qanday?
- O‘yindan oldin ham aytgandim. Oxirgi paytlarda "Nasaf" va "Navbahor" o‘rtasidagi qarama-qarshilik juda qiziqarli kechmoqda va ko‘pchilikning e’tiborida bo‘lmoqda. O‘yin juda ko‘p voqealardan iborat bo‘lmoqda. Gollar, chiroyli vaziyatlar. Biz bugun o‘zimiz uchun juda kerakli bo‘lgan g‘alabani qo‘lga kiritganimizdan mamnunmiz. Ushbu g‘alabani "Navbahor"ning rivojlanishi uchun ko‘lidan keladigan barcha ishni qilayotgan, klubni yana o‘zbek futboli elitasiga qaytarayotgan Namangan viloyati hokimiga bag‘ishlaymiz. Shavkat Shokirjonovich nafaqat "Navbahor", balki butun Namangan futbolini rivojlantirish uchun katta kuch sarflamoqdalar. O‘yinga kelsak, chempionat boshidan beri hisoblaganda o‘yinning 55% qismida nazoratni o‘z qo‘limizga olgandik. Shu o‘rinda to‘p nazoratini emas, umuman o‘yindagi nazorat haqida gapirayotganimni qo‘shimcha qilmoqchiman.
Bugun esa o‘yinning boshidan to oxirgi soniyasigacha vaziyatni nazorat qildik. O‘ylashimcha, o‘yindagi intriga avvalroq tugashi kerak edi. Birinchi va ikkinchi taymda yaxshi vaziyatlar yaratdik. Marushich avvalroq intrigaga nuqta qo‘yishi mumkin edi. "Nasaf"ni ham e’tirof etish lozim. Ular munosib o‘yin ko‘rsatishdi. Keyingi o‘yinlar ham barchaning e’tiborida bo‘lishiga ishonaman. Muxlislar bu yil juda qiziqarli chempionat guvohiga aylanishmoqda. Shu o‘rinda biz ham mavsum avvalidagi maqsadlarimiz tomon intilamiz. "Navbahor"ning oldingi mavqei va an’analarini tiklash, shu bilan birga klub brendini jonlantirishga harakat qilamiz.
Hozirgi kunda vazifalarimizning bir qismini uddaladik. Bu "Navbahor" klubining mashhurligi. Marketing tadqiqotlari shuni ko‘rsatdiki, "Navbahor" hozirgi kunda eng ko‘p tilga olinadigan va muxlislar o‘rtasida eng ko‘p qiziqishga sabab bo‘layotgan klubdir. Stadionga tashrif bo‘yicha ham, oynai jahon orqali ham aynan "Navbahor" yuqoridagi ko‘rsatkichlar bo‘yicha yetakchi. Asosiy vazifani bajardik. Turnir jadvaliga kelsak, biz yana birinchi o‘ringa qaytdik va bu muxlislarimizga yoqyapti. Biz muxlislarimizni xursand qilish uchun bor kuchimiz bilan davom etamiz.
- "Nasaf"ga bugun nima yetishmadi deb o‘ylaysiz?
- Men boshqa klub haqida aniq bir fikr bildira olmayman. Sababi, bor e’tiborim aynan o‘zim boshqarayotgan jamoada. "Nasaf" albatta yaxshi jamoa. OCHLda ham, chempionatda ham yaxshi harakat qilib kelishmoqda. Bunday barqarorlikka sabab birinchi navbatda kadrlar masalasidir. Jamoa asosini tashkil qiluvchi futbolchilar bir necha yillardan beri birga o‘ynab kelishmoqda. Murabbiyga ham o‘zini ko‘rsatish uchun yetarlicha imkoniyat berishgan. Shu sabab ham bugun "Nasaf" barqaror o‘yin ko‘rsatib kelmoqda. Bugungi o‘yinga kelsak, taktika va o‘yin borasidagi masalalarni muhokama qilishni chempionat oxiriga qoldiramiz. Hozir esa faqat bir narsa deya olaman: "Nasaf" yaxshi jamoa. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas