
Coca Cola Superligasining 11-turidan o‘rin olgan "So‘g‘diyona" – "Paxtakor" uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Maksim Shatskix fikrlarini bildirdi.
"Bilasizmi, biz bunday quruq va suv sepilmagan maydonda o‘zimiz xohlagan, Yevropa darajasidagi futbolni ko‘rsata olmaymiz. Hakamlar haqida gapirishni yoqtirmayman, lekin shunga majbur bo‘lyapmiz. Negadir ikki o‘yindan beri aqlga sig‘maydigan ishlar sodir bo‘lyapti. Ko‘rib chiqib, muhokama qilib olamiz.
Siz O‘zbekiston terma jamoasi Jahon chempionatiga borishini xohlaysiz, buni kutib qarib ketasiz. Futbolga bo‘lgan bunday munosabat hamda bu chempionat bilan mundialni ancha kutishingizga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun buni orzu ham qilmang", – dedi Shatskix. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar