Bobir Abdixoliqovga Rossiya va Germaniyadan qiziqish bor

Bobir Abdixoliqovga Rossiya va Germaniyadan qiziqish bor
"Energetik-BGU" hujumchisi Bobir Abdixoliqovga Yevropaning ikki klubi qiziqish bildirmoqda.

Ulardan biri - Rossiyaning "Sochi" klubi. Klub vakillari hujumchining so‘nggi bir necha o‘yinlarini kuzatgan, shu jumladan "Vitebsk"ka qarshi bahsini ham.

Ikkinchi klub esa - ikkinchi Bundesliga vakili "Gannover" klubi. Nemis klubidagilar qishga qadar hujumchini kuzatib, yanvarda tarkibiga qo‘shib olishlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, ushbu mavsum Abdixoliqov mamlakat chempionatining 16 o‘yinida 17 gol va 5 assist qayd etdi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar