
Futbol bo‘yicha Turkiya chempionatining 1-turida «Fotih Karagyumryuk» jamoasi 7 avgust, yakshanba kuni «Alanyaspor»ni qabul qildi.
Uchrashuvda Pirlo shogirdlari imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Mehmonlar tarkibida Eduardu dublga erishgan bo‘lsa, Bekiro‘g‘lu va Yardimji bittadan to‘p kiritgan bo‘lsa, "Karagyumryuk" tarkibida Fabio Borini va Biraski javob qaytardi. Bahs 2:4 hisobida yakunlandi.
Qayd etish joiz, mezbonlar tarkibida o‘zbekistonlik yarim himoyachi Otabek Shukurov uchrashuvni asosiy tarkibda boshlab, 87-daqiqada zaxiraga olindi. Shuningdek, u 36-daqiqada ogohlantirildi.
Mazkur uchrashuvda o‘zbekistonlik futbolchi Otabek Shukurov «Fotih» safida debyutini o‘tkazdi. Asosiy tarkibda tushgan Shukurov 87-daqiqada zaxiraga olindi.
Shu tariqa Turkiya Superligasida ilk bor o‘zbekistonlik futbolchi debyut qildi. Bunga qadar O‘zbekiston vakili Turkiya oliy divizionida to‘p surmagandi.
Shukurov 2022 yilgi yozgi transfer oynasida «Sharja»dan «Fotih Karagyumryuk» safiga o‘tgandi.
"Karagyumryuk" navbatdagi uchrashuvni 21 avgust sanasida "Beshiktosh"ga qarshi o‘tkazadi.
Otabek ShukurovTurkiya SuperligasiFotih KaragyumryukO‘zbekiston futbolchisiDebyut o‘yinUchrashuv natijasi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar