Coca Cola Superligasi 16-turidan o‘rin olgan "Qo‘qon-1912" – "Navbahor" (1:1) uchrashuvidan keyin qo‘qonliklar ustozi Davron Fayziyev fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- O‘yin haqida
- O‘yin haqida gapirishdan oldin aytmoqchi bo‘lgan ozgina fikrlarim bor edi. Men bugungi muhit, ikkala jamoa uchun ham yaratib berilgan sharoit uchun "Turon" klubi rahbariyatiga va klub tizimida mehnat qilayotgan barcha ishchi-xodimlariga minnatdorchilik bildiraman. Bugungi o‘yindan oldin ham, uchrashuv vaqtida ham muxlislarimiz bizga ishonib, qo‘llab-quvvatlashdi. Ularga jamoamiz nomidan rahmat aytaman. Bundan keyin ham bizga ishonishda davom etishlarini so‘rab qolaman.
Bugun haqiqiy derbiga xos o‘yin bo‘ldi. Ikki jamoa muxlislari ham juda zo‘r olqishlab turishdi. Ikkinchi derbida ham ko‘rib turganingizdek, yana muxlislar g‘alaba qozonishdi. Bugungi o‘yinda ikki jamoaga ham ochko juda zarur edi. Bu – futbol, biz g‘alaba uchun harakat qilamiz. Bugun yigitlar ko‘rsatgan o‘yindan qoniqish hosil qildim, e’tirozim yo‘q. Jarohatlar sabab tayyorlagan rejamiz ozroq o‘zgardi. Keyingi o‘yinlarda ham oxirigacha kurashamiz. Turnir jadvalida egallab turgan o‘rnimiz bizga munosib emas. Yigitlar bundan ortig‘iga loyiq. Ishlashda davom etamiz.
- Ilhomjon Vahobov ko‘rsatgan o‘yin haqida nimalarni ayta olasiz?
- Futbolchiga ko‘proq muxlislar baho berishadi. Biz murabbiylar qaysi futbolchini qachon maydonga tushirishni vaziyatdan kelib chiqib hal qilamiz. Men hozir kimnidir maqtamoqchi emasman, ishlash lozim bo‘lgan xato va kamchiliklarimiz bor. Zaxirada qolib ketayotgan futbolchilarga ham imkon beryapmiz. Mashg‘ulotlarda o‘zini ko‘rsatsa, maydonga tushiryapmiz. Qolgani futbolchining o‘ziga bog‘liq. Chiqib o‘ynaydi, harakat qilsa, natija ko‘rsatadi. Shiddatli o‘yin bo‘ldi.
Jamoani qabul qilib olganimdan so‘ng 3 ta o‘yin, 3 ta durang natija bo‘ldi. Menga qolsa, uning o‘rniga 2 ta g‘alaba va 1 ta mag‘lubiyatni afzal deb bilardim. Murabbiy natija ko‘rsata olsa, jamoada qoladi, aks xolda, o‘rnini bo‘shatib berishga majbur.
- "Navbahor" bu o‘yinga peshqadam sifatida yetib kelgandi. Bugun 1 ochko oldingizmi yoki 2 ochko yo‘qotdingizmi?
- Bilmadim, o‘zim uchun aytsam, men natijadan qoniqqanim yo‘q. Bu haqda o‘tgan o‘yindagi durangdan keyin ham aytgandim. Oxirgi uzatma va yakunlovchi zarbalarda kamchiliklarimiz bor. Peshqadam turdan turga o‘zgarib turibdi. "Navbahor"dan kam joyimiz yo‘qligini ko‘ryapman. Murabbiy sifatida natijadan qoniqqanim yo‘q, bugun g‘alaba uchun maydonga chiqqandik.
- Bugungi o‘yinda Jamshid Hasanov doimiy pozitsiyasida o‘ynamadi. Bunga nima sabab bo‘ldi?
- Jamshid Hasanov oldin ham o‘ng qanot himoyasida o‘ynagan. Biz uni aynan "Navbahor" bilan o‘yin uchun pozitsiyasini o‘zgartirganimiz yo‘q. Bugun Avazxon Mamatxo‘jayev bir oz betob edi, shamollagan. Shu sabab uning o‘rnida Jamshid Hasanov o‘ynadi. Bunda hech qanday muammo yo‘q.
"Navbahor"da ko‘proq e’tibor Jamshid Iskanderovga bo‘ldi. Uni to‘liq yopganimizda bizga yanada oson bo‘lardi. Futbolchi universal bo‘lishi kerak. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi