Coca Cola Superligasi 16-turidan o‘rin olgan "Qizilqum" - "Dinamo" (4:1) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Nikola Lazarevich matbuot anjumanida berilgan savollarga javob qaytardi.
- Murabbiyning o‘yin haqidagi fikrlari qanday?
- Birinchi navbatda "Dinamo" jamoasiga rahmat demoqchiman. O‘yinga tayyorgarlik payti "Dinamo"ning "So‘g‘diyona"ga qarshi o‘yinini qayta tomosha qildik. Biz raqibni yaxshi analiz qildik. Bugun o‘z vaziyatlarimizdan unumli foydalandik. O‘ylashimcha, biz yanada qo‘proq vaziyatlardan foydalanishimiz mumkin edi. O‘yinchilarim o‘yin oxiriga qadar tartib namoyish qilishdi.
- "Lokomotiv"ga qarshi o‘yinda jamoa 5-3-2 sxemasida harakat qildi. Umuman bu taktikada jamoa unchalik ham yaxshi o‘ynolmayotgandi. So‘nggi o‘yinlarda esa "Qizilqum" 4-3-3 sxemasida harakat qilayapti va natija yaxshi tomonga o‘zgaryapti. Bu haqida qanday fikrdasiz?
- Ha, biz raqiblarga qarshi juda jiddiy tayyorlangandik. Biz hozirda 4-3-3 sxemada o‘ynay olamiz. Sababi, tarkibimizga bir necha yangi o‘yinchilar qo‘shildi. Boshida esa biz 5-3-2 sxemasida o‘ynayotgandik. Biz boshqa taktikalarda ham o‘ynay olishimizni sinab ko‘rmoqchimiz. Bir narsani ta’kidlash lozimki, o‘ynaydigan taktik sxemamiz albatta raqibdan kelib chiqib tanlanadi. Bugun "Dinamo"ga qarshi barchasi o‘xshadi. "Lokomotiv"ga qarshi esa sxemamiz boshqacha bo‘lgandi. Yana qaytaraman, barchasi bo‘lajak raqibga qarab tanlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi