07:25 / 23.08.2022
1 298

Ten Xag "Liverpul" ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?

Ten Xag "Liverpul" ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
APL 3-turidan o‘rin olgan "Manchester Yunayted" - "Liverpul" o‘yinida maydon egalari 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Mezbonlar safida Sancho hamda Reshford gol urgan bo‘lsa, "qizillar"dan bunga Saloh bir marta javob qaytardi.

O‘yindan so‘ng "qizil iblislar" ustozi Erik ten Xag jurnalistlar tomonidan berilgan savollarga javob berdi:

- Taktik tomondan ajoyib g‘alaba. Hammasi o‘yinga bo‘lgan munosabatga bog‘liq. Biz jiddiy yondashdik va g‘alaba uchun kurashdik. Yigitlar bugun nima qila olishini ko‘rsatib qo‘ydi.

- Har bir o‘yin qiyin bo‘lishini bilamiz. Biz bugun muhim 3 ochkoni qo‘lga kiritdik. Shunday ishlashda davom etishimiz kerak.

- Yarim himoya ajoyib harakat qildi. Fernandesh va Eriksen yetarlicha vaziyatlar yaratib berdi. Maktominey muvozanatni ushlab berdi. Taktik tomonlama raqibni yenga oldik. Shuningdek, tezlik va pressing ham bizda yaxshiroq ishladi.

- Bizni oldinda ko‘p o‘yinlar kutib turibdi. O‘zgarishlar qilishimiz tabiiy. Hech bir futbolchining o‘rni kafolatlanmagan. Ronaldu va Maguayr yaxshi darajada. Shunday bo‘lsa-da, men boshqalarni ham sinab ko‘rishim kerak edi. Tarkibdan unumli foydalanish uchun tavakkal qilib turish zarar qilmaydi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ten Xag "Liverpul" ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?