
"Paxtakor" - "Sho‘rtan" (5:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar bosh murabbiyi Maksim Shatskis quyidagicha fikr bildirdi:
"Tezkor goldan keyin futbolchilarimiz yana urib tashlaymiz deb o‘ylashdi, ammo bu gol birinchi bo‘limda yagonaligicha qoldi. Xotirjamlikka berildik, yaxshiki gol o‘tkazib yubormadik. Tanaffusda kerakli ko‘rsatmalar berildi. Ikkinchi golni urib olganimizdan keyin hammasi iziga tushib ketdi.
Hujumda tezlikni oshirdik. Aliqulovga omad tilagan holda, uning jamoasi futbol o‘ynashga harakat qilganini e’tirof etaman. Shunchaki, to‘pni tepib yubormayapti. Keyingi bosqichda kim bilan tushishimiz ahamiyatsiz, chunki oldimizga eng yuqori maqsadlar, sovrinlarga ega chiqish vazifasi qo‘yilgan", - dedi Shatskix.
"Paxtakor" matbuot xizmati.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar