“Olimpik” klubi O‘zbekiston Kubogi 1\8 finalida “Navbahor”ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berganidan keyin jamoa bosh murabbiyi Timur Kapadze matbuot anjumanida jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.
- Yaxshi o‘yin bo‘ldi, ikkala jamoa ham yaxshi harakat qildi. Afsuski, mag‘lubiyatga uchradik. Shunga qaramasdan yigitlar ajoyib o‘ynashdi. To‘g‘ri, golni o‘zimizga-o‘zimiz olib keldik. Yo‘q joydan deyarli sovg‘a qildik. “Navbahor”da tajribali futbolchilar bor. Yaxshi foydalandi. Shundan keyin ozgina uzilish bo‘ldi. Ikkinchi taymda yaxshi imkoniyatlarga ega bo‘ldik. Gol urolmagandan so‘ng endi gapirishni hojati yo‘q. Mag‘lubiyatga uchradik. Statistikaga qarasak, bitta zarba bo‘ldi va o‘sha golga aylandi. Bu albatta biroz yoqimsiz vaziyat. Umuman olganda, yigitlarimiz ajoyib tajriba to‘plashyapti. Nafaqat bizga, balki raqib jamoaga ham foydali bo‘lyapti. Murabbiylarga bosh qotirishiga ancha narsa beryapmiz. “Navbahor”ni tabriklayman. Menimcha, muxlislarimiz ham bor shekilli, kelyapti, bizni qo‘llab-quvvatlashyapti, ularga katta rahmat. Ular yaxshi futbol ko‘raman deb kelishyapti. To‘g‘ri yo‘ldan ketyapmiz.
- “Olimpik” ikkinchi bo‘limda qo‘shdi. Ikkita penaltili vaziyat bo‘ldi - 50x50. Bu borada fikringiz qanaqa?
- Hali takroriy vaziyatni ko‘rmadim. Bir qaraganimda menga penaltidek tuyuldi. Tegdimi-tegmadimi, buni takroran ko‘rish kerak. Hakam o‘sha vaziyatga yaqinroq edi. Hozir bir narsa deyishim qiyin. Demak, futbolchi yaxshi o‘xshata olmabdi (kuladi).
- Statistika haqida gapirdingiz. Ha, “Navbahor” bitta zarbadan bitta gol urgan. Ammo “Olimpik” ham birinchi bo‘limda birorta aniq zarba yo‘llay olmagan. Bu raqib yaxshi o‘rganganidan dalolatmi yoki taktikangiz “ishlamagani”danmi?
- Raqib ko‘pchilik bo‘lib himoyalandi. Bo‘shliqlar topish qiyin edi. Sabab shunda. Ammo bugun biz g‘alaba qozonish uchun yetarlicha xavfli vaziyatlarni yaratdik. Ikkinchi bo‘limda ikkita 100 foizli imkoniyatimiz bor edi. Raqib deyarli himoyada zich harakat qildi. Futbolchilari jismoniy tomondan ham, tajriba borasida ham yaxshi. Ammo o‘yinchilarim ulardan jismoniy tomondan ham ustun bo‘ldi.
- “Navbahor”ni bugun bu darajada zerikarli o‘yin ko‘rsatadi, deb o‘ylaganmidingiz? Haddan tashqari o‘yinni cho‘zishlar, maydonga yotib olishlar...Bu qanchalik to‘g‘ri?
- “Navbahor” birinchi o‘rinda ketyapti. Oldiga shu o‘rinni egallash vazifasi qo‘yilgan. Bunday top-jamoa yaxshiroq o‘ynasa, vaqt cho‘zmasdan harakat qilsa bo‘ladi. Birinchi bo‘limda gol o‘tkazib yubordik. To‘g‘ri, ular natijaga o‘ynadi. To‘g‘ri o‘ynadimi yoki noto‘g‘rimi, ular aytganimdek, natijaga o‘ynashdi. Shunchaki, 1-o‘rinda ketayotgan jamoaga bu narsa yarashmaydi. O‘ynasa bo‘lardi. Ayniqsa, birinchi bo‘limda yo‘qotgan to‘plarimiz 30-40 soniya vaqtni oldi. Birinchi bo‘limda faqat shu bilan shug‘ullandik. Biz ham aybdormiz. Bunday bo‘lishiga yo‘l qo‘ymasligimiz kerak edi. Ikkinchi taymda to‘g‘riladik, to‘pni ko‘proq nazorat qildik. Yo‘qotilgan har bir to‘p ularga qo‘l keldi, vaqt cho‘zdi. “Navbahor”dek jamoa bundan ham yaxshiroq hamda vaqt cho‘zmasdan futbol o‘ynasa bo‘ladi. Bu bizga ham foydali bo‘lardi. Temp tushirilyapti. “Navbahor” g‘alaba uchun harakat qildi va bunga erishdi. Bu yerda savol yo‘q.
- Hujumga oxirgi nuqtani qo‘yishda nima yetishmadi, deb o‘ylaysiz?
- Qayerdadir shoshilishyapti, qayerdadir aniq zarba berishga mahorat yetmayapti. Menimcha, tajribali futbolchilarda ham bunday imkoniyatlardan foydalana olmaydigan paytlari bo‘ladi. Qayerdadir bosim xalaqit qilyapti. “Navbahor” bugun bizga vaziyatlarni yo‘qqa chiqarishga harakat qildi.
- Birinchi bo‘limda uzoq masofalarga paslar uzatildi. Ikkinchi bo‘limda qisqa to‘p uzatishlari bo‘ldi. Bu ko‘rsatmangizmidi?
- Birinchi bo‘limni ham yaxshi boshladik. Goldan keyin uzatmalarga o‘tildi. Bu “Navbahor”ga qo‘l keldi. Birinchi bo‘limda ham aytishga harakat qildim, eshitishmadi. Ikkinchi bo‘limda tushuntirdim. Keyin uzatmalarni tayyorlab amalga oshirdik. Qolgan vaziyatlarda pas orqali chiqishga urindik. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar