
Konor Makgregor qachon oktagonga qaytishi borasida uning menejeri Tim Simpson ma’lumot berdi.
"Konor keyingi yili katta qaytish yo‘lida harakat qilyapti. Hozir hammasi ideal tarzda ketmoqda. Uning oyog‘i asta-sekin tuzalmoqda. Shubhasiz, Konor faoliyatini tugatgani yo‘q. U har kuni ikki marta mashg‘ulotlar o‘tkazyapti.
U butun jamoasi bilan birga va doim oldida murabbiylar - fitnes, sog‘lik, fizioterapiya, boks bilan shug‘ullanadigan yigitlar bor. U juda jiddiy mashqlarni bajaryapti, qattiq ishlamoqda. Konor ajoyib "forma"da. Faqat uning oyog‘i normal holatga qaytishi uchun ba’zi ishlarni qilish kerak". “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar