date
views 2 106

Masharipovning Misr grandidagi yillik maoshi va transferi tafsilotlari bo‘yicha ma’lumot berildi

Masharipovning Misr grandidagi yillik maoshi va transferi tafsilotlari bo‘yicha ma’lumot berildi
Jaloliddin Masharipov faoliyatini Misrning “Al Ahli” klubida davom ettirishi deyarli oydinlashmoqda.

Misrlik jurnalist Omar Yassinning insaydiga ko‘ra, Afrikaning eng sovrindor klubi o‘zbekistonlik futbolchini 600 ming dollarga sotib olish huquqi bilan ijaraga olmoqda. To‘la transfer esa 2 mln dollarga amalga oshadi.

Shuningdek, 28 yoshli o‘yinchi yangi jamoasida yiliga 1,5 mln dollar ishlab topishi aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, vinger 2021 yilning yanvarida “Paxtakor”dan “Al Nassr”ga o‘tdi. U ijara asosida ma’lum vaqt “Shabab Al Ahli” (BAA)da to‘p tepdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Masharipovning Misr grandidagi yillik maoshi va transferi tafsilotlari bo‘yicha ma’lumot berildi