
O‘zbekiston terma jamoasi va Rimning “Roma” klubi futbolchisi Eldor Shomurodov faoliyatini Germaniya Bundesligasida davom ettirishi mumkin.
“Fussballeck.com” nashri xabariga ko‘ra, futbolchiga “Shtutgart” qiziqish bildirmoqda. Bundestim vakillari legionerimizni yaqinda “Vulverxemton”ga o‘tgan Sasha Kalayjichga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, shtutgartliklar futbolchining transferi borasida “Roma” bilan bog‘langan. Biroq hozircha transfer tafsilotlari ma’lum emas.
Eslatib o‘tamiz, Shomurodovga Italiyaning boshqa klublaridan ham taklif bor. Xususan, “Monsa” Eldorni o‘z safiga qo‘shib olishdan manfaatdor. Jurnalist Nikolo Skiraning xabar berishicha, italiyaliklar hujumchini ijaraga olmoqchi va hozirda rimliklar bilan muzokara olib bormoqda.

Eldor ShomurodovBundesliga KlubiShtutgart QiziqishiRoma TransferiItaliyaning KlublariFutbolchi Ijarasi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar