O‘zbekiston Kubogi 1/4 finali doirasida "Nasaf"ga qarshi o‘yindan keyin "Lokomotiv" bosh murabbiyi Server Jeparov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
- O‘yinning birinchi bo‘limi biz uchun unchalik yaxshi o‘tmadi. Standartdan gol o‘tkazib yubordik. O‘yin davomida ko‘p narsalarni o‘zgartirishga, o‘yinni boshqatdan qurishga harakat qildik, sxemani o‘zgartirdik. Afsuski, nimadir yetmadi, gol urishga vaziyatlarimiz ham bo‘ldi.
- Taktik o‘yindan qoniqdingizmi?
- Taktik o‘yinimizdan mamnunman. Yigitlar rejaning katta qismini bajara olishdi. Himoyada yaxshi o‘yin ko‘rsatishdi. Albatta, nyuanslar bor. Bu borada ishlash kerak. Umuman olganda yigitlardan o‘yinga o‘zini bag‘ishlagani, g‘alabaga chanqoqligi tomonlama mamnunman.
- Tarkib o‘tgan safargisi kabi deyarli bir xil. Biroq o‘yin uslubi bu safar o‘zgardi. Jamoani o‘zgartirish uchun nimalar qilyapsiz?
- Ilk navbatda barcha futbolchilar bir xil o‘ylashi kerakligini istayman. Ikkinchi navbatda esa, texnik harakatlarni yaxshiroq bajarishlarini xohlayman.
- Klub Sizning oldingizga ushbu turnirda qandaydir vazifa qo‘yganmidi?
- Albatta. Chunki turnir jadvalida ham unchalik yaxshi joyda emasmiz. Biroq jamoalar zich joylashgan. 2-3 g‘alaba orqali OCHL pog‘onalariga chiqib olishimiz mumkin. Jamoaning oldida vazifa bor.
- Kubokda 4 jamoa qoldi. Kimlar finalga chiqadi deb o‘ylaysiz?
- Oldin jamoalarning juftliklarini ko‘raylik. Hozir to‘rttala jamoa ham yarim final uchun loyiq. Bir o‘yinda barchasi o‘zgarib ketishi mumkin. Shu sababli oldindan nimadir deb bo‘lmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»